Bugungi mashg’ulotlardan so’ng Dostonbek Tursunov o’zini noqulay his qilgan. Tekshiruv natijasiga ko’ra, futbolchining eski jarohati bezovta qilganligi, shu sababli Gruziyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazib yuborishi ma’lum bo’ldi. Uning o’rniga AGMK klubi futbolchisi Abbos Otaxonov terma jamoaga jalb etildi.

Yigʻinning ilk kunida mahalliy chempionatda toʻp surayotgan futbolchilar, shuningdek, bir qator legionerlar ishtirok etishdi. Eldor Shomurodov, Ibrohimhalil Yoʻldoshev va Jasurbek Yaxshiboyevlar ertaga terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Shahbozbek Umarovda Covid-19 infeksiyasi aniqlanganligi sabab mazkur yigʻinda ishtirok etolmasligi maʼlum boʻldi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida Kuvaytni mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda jamoamiz raqib darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi va 1 ta gol o’tkazib yubordi. O’zbekiston 5-1 Kuvayt Gollar: Diyorbek Rahimqulov 37′, Hojimat Erkinov 45+2, 90+4′, Jasurbek Jaloliddinov 51′, Abdulaziz Mahran 65′, Ulugʻbek Hoshimov 68′.