Oʻzbekiston 2:1 Avstraliya Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi “Antalya Youth Cup” turniri gʻolibi. Gollar: Shodiyor Shodiboyev 35′, Yakob Maklachlan 40′, Lazizbek Mirzayev 76′.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi yigʻin doirasida soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari mazkur uchrashuvda durang qayd etdilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Tojikiston 🇹🇯
Bugun Oʻzbekiston U-20 ayollar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Ilhom Xanjariyev shogirdlari yigʻinning ikkinchi qismini Iordaniyada davom ettiradi. Mazkur yigʻin doirasida jamoamiz “Trio Tournament” xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi.
Bugun 1-fevral kuni Bahraynda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 33-Kongressi bo’lib o’tdi. Kongressda vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha boʻlgan Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasining yangi tarkibi eʼlon qilindi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya Qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida saylandi.