Free ebooks Library zlibrary project

Yurtimiz shaharlari bo‘ylab davom etayotgan “Trophy Experience” – Jahon chempionati-2024 kubogi taqdimoti tadbirining navbatdagisi 15-avgust kuni Nukus shahrida o‘tkazildi.

Savitskiy nomidagi Muzey maydoniga ko‘plab futbol muxlislari va mintaqadagi futbol maktablari tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi.

Bugun ommalashayotgan dribling va sabsokker bo‘yicha musobaqalar salkam professional darajada tashkil etildi. Boisi, ushbu musobaqalar va konkurslarda asosan futbolimiz kelajagi sifatida porlab kelayotgan yosh umidli futbolchilar va o‘smirlar qatnashishdi.

An’anaga ko‘ra tashkil etilib kelinayotgan tanlovlar hamda viktorinalar g‘oliblariga tashkilotchilar va hamkorlar tomonidan tayyorlangan turli esdalik hamda musobaqaning simvolikasi tushirilgan sovg‘alar topshirildi.

Mazkur tadbirni Aydos Bekmurodov olib bordi hamda tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi filarmoniyasi artistlari – Yelubay Qayupov va Sulton Keulimjayevning chiqishlari muxlislarga manzur bo‘ldi.