Ertaga, 21-fevral kuni poytaxtimizda (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlar tayyorlash boʼyicha navbatdagi seminar start oladi. Mazkur seminar VAR tizimi bilan ishlaydigan hakamlar koʼnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Seminarda mamlakatimizning har bir hududidan jami 60 nafar bosh hakam hamda yordamchi hakamlar ishtirok etishadi. Seminarni FIFA yoʼriqchisi Farhod Аbdullaev olib boradi. Oʼquv jarayoni 23-fevralga qadar davom etadi.
Ushbu jarayonda hakamlar VAR tizimidan foydalanish boʼyicha ham amaliy, ham nazariy bilimlar olishadi.
Qayd etish joiz, VAR tizimi boʼyicha ishlash uchun hakamlar maʼlum belgilangan soatlar miqdorida tahsil olishlari lozim boʼladi. Oʼzbekistonlik hakamlarning mazkur yoʼnalish boʼyicha tahsil olish jarayoni 9 oy davom etishi koʼzda tutilgan.