Toshkent shahrida 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunladi.
Qiziqarli oʻtgan musobaqaning hal qiluvchi oʻyinida AGMK qizlari “Sevinch” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Oʻyinning asosiy vaqtida 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Shundan keyin jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda olmaliqlik qizlar gʻalaba qozonishdi. Shu tariqda AGMK jamoasi 16 yoshgacha qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida bosh sovringa ega chiqdi.