Hozirgina U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.
Qur’a natijalariga ko’ra, U19 O’zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi.
Mazkur marosimdan so’ng, U19 O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.