Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

“Neftchi” — “Qizilqum”

Oʻzbekiston Superligasining 17-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Qizilqum” bahsi yakuniga yetganidan soʻng mehmonlar futbolchisi Ignatiy Nesterov muxlislar qarshisida nojoiz xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ignatiy Nesterovga (“Qizilqum”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Lokomotiv”

Oʻzbekiston Superligasining 17-turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin yakunlanganidan soʻng mezbonlar bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev hakamlar shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan va maydondan chetlatilgan. Shunda soʻng murabbiy hakamni turtib yuborgan, bu esa “Nasaf” klubining boshqa aʼzolari tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Roʻziqul Berdiyevga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima, shuningdek, “Nasaf” klubiga nisbatan ham jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK — “Surxon”

Superliga doirasidagi AGMK va “Surxon” uchrashuvi yakuniga yetganidan soʻng mehmonlar bosh murabbiyi Angel Lopes Perez AGMK klubi maʼmurining bel qismidan itargan va raqib jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qoʻl uzatgan paytda “No respect” deya baqirib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Angel Lopes Perezga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — AGMK

Oʻzbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan oʻrin olgan “Andijon” — AGMK bahsida mezbonlar muxlislari tomonidan AGMK futbolchisi Sanjar Tursunov zaxiraga olingan paytda uning shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatilgan. Uchrashuv yakuniga yetganidan soʻng muxlislar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz oʻtkazish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf” — “Lokomotiv”

Oʻzbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” bahsining 42-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kahi Maxaradze uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqiblarining oldiga yugurib kelib ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Shuningdek, “Nasaf” klubi vakillari Azamat Soyibov va Umidjon Ergashev hamda “Lokomotiv” futbolchisi Asilbek Amanovlar texnik zonani tark etib, provokatsion harakatlar qilishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kahi Maxaradze, Asilbek Amanov (“Lokomotiv”) hamda Azamat Soyibov va Umidjon Ergashevga (“Nasaf”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Paxtakor”

Oʻzbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Paxtakor” bahsining 92-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Davron Rahimov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda texnik zonani tark etib, maydonga yugurib chiqqan va ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab boʻlgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Davron Rahimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf farm” — “Bunyodkor farm”

Birinchi liga 17-turidan oʻrin olgan “Nasaf farm” — “Bunyodkor farm” uchrashuvining 51-daqiqasida “Nasaf farm” futbolchisi Anvar Turobov uchrashuv toʻxtab turgan vaqtda raqib oʻyinchisining yuz qismiga kafti bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Anvar Turobovga (“Nasaf farm”) nisbatan 5 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Aral” — “Shahrixonchi”

Birinchi liga 17-turidan oʻrin olgan “Aral” — “Shahrixonchi” uchrashuvining 3-daqiqasida “Shahrixonchi” jamoasi futbolchisi Jamshid Qobulov oyogʻining tag qismi bilan raqibining yelka va boʻyin qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jamshid Qobulovga (“Shahrixonchi”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Aral” — “Qumqoʻrgʻon-1977”

Birinchi liga 16-turidan oʻrin olgan “Aral” — “Qumqoʻrgʻon-1977” uchrashuvining 87-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kamronbek Abdullayev raqibining himoyalanmagan qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kamronbek Abdullayevga (“Qumqoʻrgʻon-1977”) nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor” — “Paxtakor”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Paxtakor” bahsining 90+2 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Shohruhxon Muxsinov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohruhxon Muxsinovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Qoʻqon-1912”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Andijon” — “Qoʻqon-1912” bahsining 70-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Boxirbek Boʻriyev raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Boxirbek Boʻriyevga (“Qoʻqon-1912”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Mashʼal”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Mashʼal” bahsining 71-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Komoliddin Karimov raqibiga qoʻli bilan zarba bergan, 72-daqiqada esa Otabek Ahadov bosh hakamning oyoq qismiga tepgan. 81-daqiqada “Mashʼal” futbolchisi Arturbek Sadullayev raqib futbolchisining boʻyin qismiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Komoliddin Karimov va Otabek Ahadov (har ikkisi “Soʻgʻdiyona”) hamda Arturbek Sadullayevga (“Mashʼal”) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Surxon”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Dinamo” — “Surxon” bahsining 71-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Oybek Hamraqulov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqib futbolchisi Jamshid Saydullayevning koʻkrak qismiga zarba bergan. Bunga javoban u Hamraqulovning yuz qismiga zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Oybek Hamraqulov (“Dinamo”) va Jamshid Saydullayevning (“Surxon”) har ikkisiga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK — “Navbahor”

U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi AGMK — “Navbahor” bahsining 90+2 daqiqasida mezbonlar futbolchisi Boburxoʻja Zokirxoʻjayev raqib futbolchisining himoyalanmagan qismiga zarba oyogʻining tag qismi bilan zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Boburxoʻja Zokirxoʻjayevga (AGMK) nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

FUTZAL

“Maksam Chirchiq” — “Paxtakor”

Futzal Oliy ligasining 1-turidan oʻrin olgan “Maksam Chirchiq” — “Paxtakor” uchrashuvining 18-daqiqasida mehmonlar vakili Muhammad Zoirov raqibining qorin qismiga ataylab zarba bergan. Shuningdek, mezbonlar vakili Javlon Anorov esa Muhammad Zoirovning yuz qismiga qoʻli bilan zarba berishga uringan. Ularning har ikkalasi maydondan chetlashtirilgan.

Bundan tashqari, tanaffus paytida “Paxtakor” vakili Ilxom Komilov raqib futbolchisi Abdulla Miyassarovning yuz qismiga mushti bilan zarba berib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan. “Paxtakor”ning uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchisi Sevatyan Mojayev muxlislar oʻrindigʻini tark etib, futbolchilar oldiga yugurib kelgan va raqibining yuz qismiga musht bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javlon Anorov (“Maksam Chirchiq”) 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi. “Maksam Chirchiq” jamoasiga nisbatan esa jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, “Paxtakor” vakillari Muhammad Zoirov (3ta), Ilhom Komilov (5ta) va Sevastyan Mojayev (5ta) navbatdagi tur uchrashuvlarida diskvalifikatsiya sababli ishtirok eta olmaydi. “Paxtakor” jamoasiga nisbatan esa jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

AGMK — “Bunyodkor”

Futzal Oliy ligasining 1-turidan oʻrin olgan AGMK — “Bunyodkor” uchrashuvida Davlat Ibragimov va Umidjon Zayniddinovlar oʻzaro janjallashib, bir birining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatishgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Davlat Ibragimov (AGMK) va Umidjon Zayniddinovning (“Bunyodkor”) har ikkisiga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!