Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Neftchi” — “Soʻgʻdiyona”

Oʻzbekiston Superligasining 16-turi doirasidagi “Neftchi” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvida “Soʻgʻdiyona” vakili Milan Mitrovich maydon atrofida ishlayotgan toʻp olib beruvchi bolalarga nisbatan futbolchilarga xos boʻlmagan qoʻpol va tajovuzkor xatti-harakat sodir qilgan. Darvozabonning bu xatti-harakati oqibatida stadionda tartibsizliklar yuzaga kelgan va bir qator futbol ishqibozlari texnik zona chegaralarini kesib oʻtib, maydonga tushishga, ommaviy janjal keltirib chiqarishga harakat qilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Milan Mitrovichga (Soʻgʻdiyona) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunlangandan soʻng “Neftchi” futbol klubi muxlislari tribunadan maydonga yugurib chiqqanligi, uchrashuv vaqtida va uchrashuv yakunlangandan soʻng maydon hamda futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilganligi, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarilgani sabab “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Neftchi” futbol klubining uy uchrashuvlarini muxlislarsiz oʻtishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

“Andijon” — “Surxon”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvi yakunlanganidan soʻng “Andijon” klubi uy uchrashuvlari oʻtkaziladigan stadion matbuot anjumani zalida ayrim shaxslar ovqatlanishi tashkil etilib, spirtli ichimliklar ichilgani, tartibsizliklar vujudga keltirilgani qayd etilgan. Bu – “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 15.4-bandida futbol klubi oʻz tomoshabinlari (jamoa muxlislari), shuningdek, klub nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi, shuningdek “OʻzPFL tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yoʻriqnoma”ning 2.9-bandida media tribuna, matbuot anjumanlari zali va media markazga rasmiy tadbirlar vaqtida OAV xodimlaridan tashqari boshqa shaxslar kiritilishi taqiqlanishi toʻgʻrisidagi qoidalarga zid hisoblanadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Andijon” klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz oʻtishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

“Metallurg” — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Metallurg” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Akmal Ortiqov “Navbahor lochinlar” futbol klubi rasmiylariga nisbatan futbolchilarga xos boʻlmagan nojoiz xatti-harakat sodir qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Akmal Ortiqov (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Turon”

Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” — “Turon” uchrashuvining 79-daqiqasida “Turon” futbol klubi futbolchisi Xurshid Muxtorov raqib oʻyinchisining yuz va koʻkrak qismi atrofiga qoʻli bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xurshid Muxtorovga (Turon) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Pro liga

“Dinamo” — “Yunired”

Pro liganing 13-turi doirasidagi “Dinamo” — “Yunired” uchrashuvining 66-daqiqasida “Yunired” klubi futbolchisi Sayyodbek Davronov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sayyodbek Davronovga (Yunired) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Birinchi liga

“Bunyodkor farm” — “Zomin boʻrilari”

Birinchi liganing 12-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Zomin boʻrilari” uchrashuvining 75-daqiqasida “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi Ilhom Ubaydullayev raqib oʻyinchisini hamda bosh hakamni shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ilhom Ubaydullayevga (Bunyodkor farm) 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv BFK” — “Jayxun”

Birinchi liganing 12-turi doirasidagi “Lokomotiv BFK” — “Jayxun” uchrashuvida “Jayxun” jamoasi yordamchi murabbiyi Navruzbek Alimov yordamchi hakamni shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Uchrashuvda “Jayxun” jamoasi maʼmuri Samat Seypullayev urilgan golni nishonlash paytida yordamchi hakam tomon nojoiz xatti-harakatlar qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Navruzbek Alimov va Samat Seypullayevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Jizzax” — “Yangiyoʻl”

Birinchi liganing 12-turi doirasidagi “Jizzax” — “Yangiyoʻl” uchrashuvida “Yangiyoʻl” jamoasi futbolchisi Jahongir Shukurov toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

“Jizzax” jamoasi futbolchisi Sanjar Rashidov raqib oʻyinchisining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jahongir Shukurov (Yangiyoʻl) va Sanjar Rashidovga (Jizzax) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

U-19 chempionati

“Surxon U19” — “Mashʼal U19”

U19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Surxon U19” — “Mashʼal U19” uchrashuvining 20-daqiqasida “Mashʼal U19” jamoasi futbolchisi Farrux Toshpoʻlatov raqib oʻyinchisi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farrux Toshpoʻlatovga (Mashʼal U19) 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon U19” — “Paxtakor U19”

U19 chempionatining 11-turi doirasidagi “Surxon U19” — “Paxtakor U19” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Surxon U19” jamoasi futbolchisi Islom Moʻminov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Islom Moʻminovga (Surxon U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.

 

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!