Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Olimpik” — “Metallurg”
Oʻzbekiston Superligasining 13-turi doirasidagi “Olimpik” — “Metallurg” uchrashuvining 58-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Husniddin Gʻofurov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Husniddin Gʻofurovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Oʻzbekiston kubogi
“Olimpik” — “Navbahor lochinlari”
Oʻzbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Olimpik” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Navbahor lochinlari” futbol klubining rasmiy vakili Otabek Samatov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Otabek Samatovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Aral” — “Paxtakor”
Oʻzbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Aral” — “Paxtakor” uchrashuvning 28-daqiqasida “Paxtakor” klubi futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov toʻp maydonda boʻlgan vaqtda raqib oʻyinchisining yuziga tizza qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadrasul Abdumajidovga (Paxtakor) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Paxtakor-79” — “Xorazm”
Oʻzbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Xorazm” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Paxtakor-79” futbol klubining rahbari Kelvin Logo bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kelvin Logoga (Paxtakor-79) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Yunired” — “Bunyodkor”
Oʻzbekiston Kubogining 3-guruh bosqichi doirasidagi “Yunired” — “Bunyodkor” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Muhammadsafo Fozilov raqib oʻyinchisining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadsafo Fozilovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Pro liga
“Aral” — “Yunired”
Pro liganing 11-turi doirasidagi “Aral” — “Yunired” uchrashuvning 21-daqiqasida “Yunired” futbol klubi futbolchisi Islom Karimov toʻp uchun kurash vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Islom Karimovga (Yunired) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Birinchi liga
“Nurafshon” — “Olimpiya”
Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Nurafshon” — “Olimpiya” uchrashuvning 88-daqiqasida “Nurafshon” futbol klubi futbolchisi Sardor Sulaymonov toʻpsiz vaziyatda qoʻl qismi bilan raqib oʻyinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Sulaymonovga (Nurafshon) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Lokomotiv BFK” — “Sementchi”
Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Lokomotiv BFK” — “Sementchi” uchrashuvning 60-daqiqasida “Sementchi” futbol klubining murabbiyi Ilhom Zaylabiddinov zaxira hakami shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Uchrashuv yakunlangandan soʻng “Lokomotiv BFK” futbol klubi futbolchisi Azizbek Mahmudov raqib oʻyinchisining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, “Sementchi” vakillari Shuhratillo Rahmonov va Nodirbek Yoʻldoshev ham xuddi shunday harakatlari uchun chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining ushbu oʻyinda sodir etilgan holatlar boʻyicha quyidagicha intizom choralarini qoʻlladi:
- Ilhom Zaylabiddinovga (Sementchi) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;
- Nodirbek Yoʻldoshev (Sementchi) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish chorasi;
- Azizbek Mahmudovga (Lokomotiv BFK) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish chorasi;
- Shuhratillo Rahmonovga (Sementchi) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi.
“Jizzax Zvezda Buston” — “Zomin boʻrilari”
Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Jizzax Zvezda Buston” — “Zomin boʻrilari” uchrashuvning 85-daqiqasida “Zomin boʻrilari” futbol klubi futbolchisi Mirjalol Suyunov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Jizzax Zvezda Buston” futbol klubi futbolchisi Nodirbek Qoʻyboqov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyogʻiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirjalol Suyunovga (Zomin boʻrilari) nisbatan 3 ta, Nodirbek Qoʻyboqovga (Jizzax Zvezda Buston) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Bunyodkor farm” — “Paxtakor-79”
Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Paxtakor-79” uchrashuvning 61-daqiqasida “Paxtakor-79” futbol klubi futbolchisi A. Lutfullayev toʻp uchun kurashish vaqtida raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Oʻyin yakunlangandan soʻng “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi S.Xursandov raqib oʻyinchisiga tajovuzkor harakat qilib, oyoq qism bilan zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, A. Lutfullayevga (Paxtakor-79) nisbatan 2 ta, Sardor Xursandovga (Bunyodkor farm) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Nasaf farm” — “Qumqoʻrgʻon-1977”
Birinchi liganing 8-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Qumqoʻrgʻon-1977” uchrashuvning 83-daqiqasida “Qumqoʻrgʻon-1977” futbol klubi futbolchisi Islom Shodmonov toʻp uchun kurashish vaqtida raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Islom Shodmonovga (Qumqoʻrgʻon-1977) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
U-21 chempionati
“Paxtakor U-21” — “Surxon U-21”
U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Paxtakor U-21” — “Surxon U-21” uchrashuvning 31-daqiqasida “Surxon U-21” jamoasi futbolchisi Joʻrabek Mamatqulov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining tizza qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Joʻrabek Mamatqulovga (Surxon U-21) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21”
U-21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21” uchrashuvining 68-daqiqasida “Olimpik U-21” jamoasi futbolchisi Shahzod Toirov yordamchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shahzod Toirovga (Olimpik U-21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
U-19 chempionati
“Qoʻqon-1912 U-19” — “Andijon SGS U-19”
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qoʻqon-1912 U-19” — “Andijon SGS U-19” uchrashuvning 83-daqiqasida “Qoʻqon-1912 U-19” jamoasi futbolchisi Jasurbek Mahmudjonov toʻp uchun kurashish vaqtida raqib oʻyinchisining yuz qismiga oyoq qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasurbek Mahmudjonovga (Qoʻqon-1912 U-19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Shoʻrtan U-19” — “Neftchi U-19”
U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Shoʻrtan U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 77-daqiqasida “Neftchi U-19” jamoasining futbolchisi Husanboy Umirzoqov raqib jamoa darvozaboni toʻpni qoʻlga olgandan soʻng qasddan qoʻl qismiga oyoq bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Husanboy Umirzoqovga (Neftchi U-19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro U-19” — “Yunired U-19”
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U-19” — “Yunired U-19” uchrashuvning 86-daqiqasida “Buxoro U-19” jamoasi futbolchisi Shodmonbek Baxtiyorov hamda “Yunired U-19” jamoasi futbolchisi Oybek Xamraqulovlar bir-birlarini urib tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shodmonbek Baxtiyorov (Buxoro) va Oybek Xamraqulovga (Yunired) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Turon U-19” — “Gʻijduvon U-19”
U-19 chempionatining 6-turi doirasidagi “Turon U-19” — “Gʻijduvon U-19” uchrashuvning 81-daqiqasida “Gʻijduvon U-19” jamoasi futbolchisi Albert Nurullayev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyogʻiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Albert Nurullayevga (Gʻijduvon U-19) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum U-19” — “OKMK U-19”
U-19 chempionatining 7-turi doirasidagi “Qizilqum U-19” — “OKMK U-19” uchrashuvning 33-daqiqasida “OKMK U-19” jamoasi futbolchisi Asadbek Ahmadjonov raqib oʻyinchining shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asadbek Ahmadjonovga (OKMK U-19) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm U-19” — “Navbahor farm U-19”
U-19 chempionatining 8-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Navbahor farm U-19”uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Navbahor farm U-19” jamoasining futbolchisi Shohruhbek Isomiddinov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisini oyogʻiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohruhbek Isomiddinovga (Navbahor farm U-19) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19”
U-19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvi davomida hamda uchrashuv yakunlangandan soʻng “Paxtakor U-19” jamoasi darbozabonlar murabbiyi Mixail Spiridonov oʻzini agressiv tutib, OʻzPFL komissariga qoʻpol muomalada boʻlgan va haqoratli soʻzlar ishlatgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mixail Spiridonovga (Paxtakor U-19) nisbatan 5 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm U-19” — “Neftchi U-19”
U-19 chempionatining 10-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvning 62-daqiqasida “Neftchi U-19” jamoasi futbolchisi Martavali Turgʻunov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyogʻiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Martavali Turgʻunovga (Neftchi U-19) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Futzal. Oʻzbekiston kubogi
“Surxon” — “Qizilqum”
Oʻzbekiston Kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Surxon” — “Qizilqum” futzal jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlangandan soʻng “Surxon” futzal jamoasi futbolchisi Sharofjon Rashidov hamda jamoa rasmiy vakili Elyor Uzoqov hakamlar shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sharofjon Rashidov va Elyor Uzoqovga (Surxon) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Nasaf” — “Metallurg”
Oʻzbekiston Kubogi 1/8 bosqichi “Nasaf” — “Metallurg” futzal jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlangandan soʻng “Metallurg” futzal jamoasining futbolchisi Oxunjon Xonumqulov hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Oxunjon Xonumqulovga (Metallurg) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo plyus ” — OʻzSQB
Oʻzbekiston Kubogi 1/8 bosqichi “Dinamo plyus ” — OʻzSQB uchrashuvning 20-daqiqasida “Dinamo plyus” jamoasi darvozabonlar murabbiyi Ikrom Karimov raqib oʻyinchisi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ikrom Karimovga (Dinamo plyus) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Futzal. U-18 chempionati
“Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18”
Futzal boʻyicha U-18 chempionati doirasidagi “Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18” futzal jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning 20-daqiqasida “Paxtakor U-18” futzal jamoasining futzalchisi Nodirbek Tuliyev texnik zonani tark etib, raqib oʻyinchisining koʻkrak qismidan itarib yuborganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nodirbek Tuliyevga (Paxtakor U-18) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18”
Futzal boʻyicha U-18 chempionati doirasidagi “Paxtakor U-18” — “Metallurg U-18” futzal jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning 20-daqiqasida “Paxtakor U-18” futzal jamoasi futbolchisi Amin Sviridov texnik zonani tark etib raqib oʻyinchisini koʻkrak qismiga qoʻlining kaft qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Amin Sviridovga (Paxtakor U-18) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Oil Star” — “Lokomotiv”
Oʻzbekiston Kubogi 1/4 bosqichi doirasidagi “Oil Star” — “Lokomotiv” futzal jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvining 15-daqiqasida “Oil Star” jamoasi futbolchisi Isoxon Ibragimov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda yerda yotgan raqibining bosh qismiga toʻp bilan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Isoxon Ibragimovga (Oil Star) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Ayollar birinchi ligasi
“Lokomotiv 2 W” — “Andijanka W”
Ayollar birinchi ligasining 4-turi doirasidagi “Lokomotiv 2 W” — “Andijanka W” uchrashuvning 80-daqiqasida “Lokomotiv 2 W” jamoasi futbolchisi Nilufar Nurmuxamedova hamda “Andijanka W” jamoasi futbolchisi Robiyaxon Mirzayevalar bir-birlariga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nilufar Nurmuxamedova (Lokomotiv W) va Robiyaxon Mirzayevaga (Andijanka) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Surxon W” — “Navbahor W”
Ayollar birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Surxon W” — “Navbahor W” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Navbahor W” jamoasi futbolchisi Zarina Xodjayeva bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Zarina Xodjayevaga (Navbahor W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Surxon W” — “Navbahor W”
Ayollar birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Surxon W” — “Navbahor W” uchrashuvning 56-daqiqasida “Navbahor W” jamoasi futbolchisi Vazira Xayitova ikkinchi sariq kartochka olib, chetlashtirilgandan soʻng bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani hamda bosh hakamning boʻyin qismidan boʻgʻgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vazira Xayitovaga (Navbahor W) nisbatan 5 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Lokomotiv W” — “Andijanka”
Ayollar birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Lokomotiv W” — “Andijanka” uchrashuvning 80-daqiqasida “Lokomotiv W” jamoasi murabbiyi Komron Baxavutdinov texnik zonani tark etib, haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Komron Baxavutdinovga (Lokomotiv W) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, ogʻir-vazmin va professional boʻlishga chaqiramiz. Shu oʻrinda Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun oʻrnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!