Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Nasaf” va “Navbahor lochinlari”

Superliganing 5-turi doirasidagi “Nasaf” va “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 15-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Akmal Mozgovoy bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Akmal Mozgovoyga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Shuhrat Muhammadiyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shuhrat Muhammadiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Metallurg” — “Olimpik”

Superliganing 6-turi doirasidagi “Metallurg” — “Olimpik” uchrashuvining 78-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Iskandar Shaykulov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Iskandar Shaykulovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo” — “Olimpik”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Dinamo” — “Olimpik” uchrashuvining 72-daqiqasida “Olimpik” futbolchisi Abdurauf Boʻriyev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdurauf Boʻriyevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Andijon”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvining 13-daqiqasida “Andijon” klubi futbolchisi Sardor Azimov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

88-daqiqada “Andijon” futbol klubi yordamchi murabbiyi Elyor Rahmatullayev bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Elyor Rahmatullayevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida “Andijon” klubi futbolchisi Shaxram Samiyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shaxram Samiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Andijon” klubi massajchisi A. Karimov bosh hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Azizbek Karimovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻyinning 90+8-daqiqasida “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov yon hakamga nisbatan qatʼiy eʼtiroz bildirib, oʻzini tajovuzkor tutgan hamda maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Aleksandr Xomyakovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi” — “Surxon”

Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Neftchi” — “Surxon” uchrashuvining 89-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Behzod Shamsiyev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Behzod Shamsiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻyinning 90+3-daqiqasida “Surxon” klubi futbolchisi Nodirxon Neʼmatxonov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Nodirxon Neʼmatxonovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv” — “Dinamo”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Dinamo” uchrashuvining 29-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi Farruh Ikromov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Farruh Ikromovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Qizilqum”

12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Qizilqum” uchrashuvining 31-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Fayzullabek Jumanqoʻziyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Fayzullabek Jumanqoʻziyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻyinning 77-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Toma Tabatadze bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Toma Tabatadzega nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

77-daqiqada “Qizilqum” futbolchisi Nikolay Tarasov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Nikolay Tarasovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Bunyodkor” — “Olimpik”

Superliganing 12-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Olimpik” uchrashuvining 21-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi Mirjahon Miraxmadov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisi oyogʻini bosib olgan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mirjahon Miraxmadovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi Frane Chirak toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Frane Chirakka nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

OKMK — “Paxtakor”

Superliganing 12-turi doirasidagi OKMK — “Paxtakor” uchrashuvining 66-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Diyorbek Ortiqboyev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Diyorbek Ortiqboyevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Surxon” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 12-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Muxammad Ali Abduraxmonov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Muxammad Ali Abduraxmonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Oʻyinning 59-daqiqasida “Metallurg” Daler Sharipov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Daler Sharipovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

72-daqiqada “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Sh. Ubaydullayev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzodbek Ubaydullayevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — OKMK

Superliganing 13-turi doirasidagi “Qizilqum” — OKMK uchrashuvining 71-daqiqasida OKMK klubi futbolchisi Oybek Rustamov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Oybek Rustamovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jamshid Saidovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Andijon” — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 13-turi doirasidagi “Andijon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 87-daqiqasida “Andijon” futbolchisi Eldor Adhamov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Andijon” futbolchisi Ilhomjon Alijonov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ilhomjon Alijonovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Dinamo”

Superliganing 13-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Dinamo” uchrashuvining 87-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbolchisi Zoran Petrovich oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Zoran Petrovichga (Soʻgʻdiyona) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Olimpik” — “Surxon”

Superliganing 13-turi doirasidagi “Olimpik” — “Surxon” uchrashuvining 2-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Nodirxon Neʼmatxonov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda bosh qismi bilan raqib oʻyinchisi yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgani hamda maydonni tark etayotgan vaqtda yelim idish (baklajka)ni toʻp uzatuvchi (bollboy) turgan tarafga tepgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Nodirxon Neʼmatxonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

38-daqiqada “Surxon” futbol klubi futbolchisi Sunatilloh Hamidjonov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sunatilloh Xamidjonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Olimpik” futbolchisi Abdurauf Boʻriyev toʻp uchun kurashish vaqtida qoʻlning tirsagi bilan raqib oʻyinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdurauf Boʻriyevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Oʻzbekiston kubogi

“Navbahor lochinlari” — “Buxoro”

Oʻzbekiston Kubogi 1/8 bosqichi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Buxoro” uchrashuvining 68-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Daniyel Nasriddinov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Daniyel Nasriddinovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Marko Kolokovich bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Marko Kolokovichga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

80-daqiqada esa “Navbahor lochinlari” klubi futbolchisi Farruh Sayfiyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirgan hamda sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Farruh Sayfiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻyinning 90+5-daqiqasida “Navbahor lochinlari” klubi futbolchisi Abror Ismoilov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abror Ismoilovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+8-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Xusain Ergashboyev simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xusain Ergashboyevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Qizilqum”

Oʻzbekiston Kubogi 1/8 bosqichi doirasidagi “Mashʼal” — “Qizilqum” uchrashuvining 119-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Xumoyunshox Sattorov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xumoyunshox Sattorovga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Pro liga

“Mashʼal” — “Buxoro”

Pro liga musobaqasining 12-turi doirasidagi “Mashʼal” — “Buxoro” uchrashuvining 66-daqiqasida “Mashʼal” futbolchisi Xumoyun Murtozayev toʻpsiz vaziyatda, bosh qismi bilan raqib oʻyinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xumoyun Murtozayevga (Mashʼal) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912”— “Olimpik Mobiuz”

Pro liga musobaqasining 12-turi doirasidagi “Qoʻqon-1912”— “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 85-daqiqasida “Olimpik Mobiuz” futbolchisi Muxammadjon Zoxidov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Muxammadjon Zoxidovga (Olimpik Mobiuz) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal”— “Buxoro”

12-tur doirasidagi “Mashʼal”— “Buxoro” uchrashuvining 60-daqiqasida “Buxoro” futbolchisi Artyom Filiposyan bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Artyom Filiposyanga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida “Buxoro” futbolchisi Dominik Begich bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan, holat boʻyicha tegishli chora koʻrish soʻralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Dominik Begichga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻyinning 90+6-daqiqasida “Buxoro” futbolchisi Xusain Ergashboyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xusain Ergashboyevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Aral”— “Xorazm”

Pro liga musobaqasining 14-turi doirasidagi “Aral”— “Xorazm” uchrashuvining 27-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Zulpiqar Kuanishbayev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Zulpiqar Kuanishbayevga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Oybek Nurmatov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Oybek Nurmatovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

70-daqiqada “Aral” futbol klubi direktori Azamat Allaniyazov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Azamat Allaniyazovga (Aral) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal”— “Doʻstlik Toshkent”

14-tur doirasidagi “Mashʼal”— “Doʻstlik Toshkent” uchrashuvining 71-daqiqasida “Doʻstlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Anvarjon Alijonov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Anvarjon Alijonovga (Doʻstlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Birinchi liga

“Chigʻatoy” — “Sementchi”

Birinchi liganing 11-turi doirasidagi “Chigʻatoy” — “Sementchi” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Sementchi” jamoasi futbolchisi Sherzod Xayrullayev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sherzod Xayrullayevga (Sementchi) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qumqoʻrgʻon-1977” — “Qiziriq”

Birinchi liganing 11-turi doirasidagi “Qumqoʻrgʻon-1977” — “Qiziriq” uchrashuvida “Qumqoʻrgʻon – 1977” klubi bosh direktori Ulugʻbek Sattorov mazkur uchrashuv qaydnomasiga kiritilganiga qaramay muhlislar bilan birgalikda tribunada oʻtirib, ularni uchrashuv hakamlariga nisbatan tajovuzkor munosabatda boʻlishga chorlagan. Baland ovozda hakamlarni toshboʻron qilish kerakligini taʼkidlagandan soʻng muhlislar yordamchi hakamga qarata tosh otishgan, shu sababli oʻyin uch marotaba toʻxtatilgan. Uchrashuv yakunlangandan soʻng Ulugʻbek Sattorov hakamlar brigadasiga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgan hamda doʻq-poʻpisa qilgan. Hakamlar brigadasi oʻz manziliga qaytish davomida Ulugʻbek Sattorov tomonidan taʼqibga uchragan.

Tartib-intizom qoʻmitasi “Qumqoʻrgʻon – 1977” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllash boʻyicha qaror qabul qildi. Klub bosh direktori Ulugʻbek Sattorovga nisbatan ham jarima belgilandi. Mazkur qoʻllanilgan jarimalar OʻFA Intizom kodeksining 5.1-bandiga asosan 15 kun ichida toʻlanishi inobatga olinishi, qayd etilgan jarimalar toʻliq toʻlanmaguniga qadar “Qumqoʻrgʻon – 1977” futbol klubiga Birinchi liga musobaqasi doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmasligi belgilandi.

“Fargʻona FA” — “Navbahor farm”

Birinchi liga musobaqasining 12-turi doirasidagi “Fargʻona FA” — “Navbahor farm” uchrashuvining 30-daqiqasida “Navbahor farm” jamoasi futbolchisi Xojiakbar Nurmatov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xojiakbar Nurmatovga (Navbahor farm) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv BFK” — “Chigʻatoy”

12-tur doirasidagi “Lokomotiv BFK” — “Chigʻatoy” uchrashuvining 23-daqiqasida “Chigʻatoy” futbolchisi Izzatullo Yusupov raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Izzatullo Yusupovga (Chigʻatoy) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida “Lokomotiv BFK” jamoasi futbolchisi Ogʻabek Arziqulov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ogʻabek Arziqulovga (Lokomotiv BFK) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro FA” — “Jizzax”

13-tur doirasidagi “Buxoro FA” — “Jizzax” uchrashuvining 66-daqiqasida “Buxoro FA” jamoasi futbolchisi M. Shodmonov raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilib maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mironshox Shodmonovga (Buxoro FA) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf farm” — “Jayxun”

13-tur doirasidagi “Nasaf farm” — “Jayxun” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Elbek Boʻriyev yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Elbek Boʻriyevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 chempionati

“Neftchi U21” — “Paxtakor U21”

2-iyul kuni U21 chempionatining 5-turi doirasida “Neftchi U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Poʻlatxoʻja Xoldorxonov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Poʻlatxoʻja Xoldorxonovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Faxriddin Muxammadov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Faxriddin Muxammadovga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida esa “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Doniyor Valiyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Doniyor Valiyevga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Abdulvosid Vosidjonov ham bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulvosid Vosidjonovga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo U21”— “Olimpik U21”

“Dinamo U21”— “Olimpik U21” uchrashuvining 72-daqiqasida “Dinamo U21” jamoasi futbolchisi Xurshidbek Ubaydullayev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xurshidbek Ubaydullayevga (Dinamo U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Metallurg U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Metallurg U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 68-daqiqasida “Metallurg” jamoasi futbolchisi Asrorbek Ataxonov toʻp uchun kurashish vaqtida bosh qismi bilan raqib oʻyinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Asrorbek Ataxonovga (Metallurg) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor U21” — “Navbahor lochinlari U21”

U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Navbahor lochinlari U21” uchrashuvining 11-daqiqasida “Navbahor lochinlari U21” jamoasi futbolchisi Nurmuhammad Toshpoʻlatov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Nurmuhammad Toshpoʻlatovga (Navbahor lochinlari U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

41-daqiqada “Navbahor lochinlari U21” jamoasi futbolchisi Alijon Alijonov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Alijon Alijonovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Nasaf U21” — “Neftchi U21”

U21 chempionatining 12-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 78-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Sardorbek Baxromov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardorbek Baxromovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor U21” — “Olimpik U21”

12-tur doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 84-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi yordamchi murabbiyi Doniyor Usmonov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Doniyor Usmonovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

OKMK U21 — “Paxtakor U21”

12-tur doirasidagi OKMK U21 — “Paxtakor U21” uchrashuvining 90-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Vladimir Nazarov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Vladimir Nazarovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Coʻgʻdiyona U21” — “Dinamo U21”

U21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Coʻgʻdiyona U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 90-daqiqasida “Coʻgʻdiyona U21” jamoasi futbolchisi Samandarjon Mavlonqulov toʻpsiz vaziyatda, raqib oʻyinchisini oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Samandarjon Mavlonqulovga (Coʻgʻdiyona U21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Olimpik U21” — “Surxon U21“

U21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Olimpik U21” — “Surxon U21“ uchrashuvining 75-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Abdulboriy Marufjonov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda qoʻli bilan raqib oʻyinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulboriy Marufjonovga (Olimpik U21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Dinamo U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Dinamo U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 72-daqiqasida “Dinamo U21” jamoasi futbolchisi Xurshidbek Ubaydullayev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xurshidbek Ubaydullayevga (Dinamo U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-19 chempionati

“Surxon U19” — “Xorazm U19”

U19 chempionatining 11-turi doirasidagi “Surxon U19” — “Xorazm U19” uchrashuvining 4-daqiqasida “Xorazm U19” jamoasi futbolchisi Islombek Durdiyev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Islombek Durdiyevga (Xorazm U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuv yakunlangandan soʻng, “Xorazm U19” jamoasi murabbiyi Abror Qilichev oldingi uchrashuvdagi diskvalifikatsiyasi borligiga qaramay tribunadan maydonga tushib, bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abror Qilichevga (Xorazm U19) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, “Xorazm U19” jamoasi futbolchisi Abrorbek Xusainov bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abrorbek Xusainovga (Xorazm U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona U19” — “Nasaf U19”

U19 chempionatining 11-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona U19” — “Nasaf U19” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Soʻgʻdiyona U19” jamoasi futbolchisi Xondamir Abduvaliyev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgani hamda chetlashtirilgandan soʻng, bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgani holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xondamir Abduvaliyevga (Soʻgʻdiyona) nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida “Nasaf U19” jamoasi futbolchisi Temirmalik Abdimurodov raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Temirmalik Abdimurodovga (Nasaf U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Shoʻrtan U19” — “Mashʼal U19”

U19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Shoʻrtan U19” — “Mashʼal U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Shoʻrtan U19” jamoasi futbolchisi Bekzod Boʻriyev hamda “Mashʼal U19” jamoasi futbolchisi Suhrobjon Parmonqulov bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bekzod Boʻriyevga (Shoʻrtan U19) nisbatan 3 ta oʻyinga, Suhrobjon Parmonqulovga (Mashʼal U19) nisbatan esa 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bunyodkor U19” — “Paxtakor U19”

U19 chempionatining 11-turi doirasidagi “Bunyodkor U19” — “Paxtakor U19” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Paxtakor U19” jamoasi futbolchisi M. Axmedov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Muhammadshox Axmedovga (Paxtakor U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Aral U19” — “Metallurg U19”

9-tur doirasidagi “Aral U19” — “Metallurg U19” uchrashuvining 72-daqiqasida “Metallurg U19” jamoasi futbolchisi Abdulhamid Turgʻunboyev oʻz jamoadoshini koʻkrak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulhamid Turgʻunboyevga (Metallurg U19) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal U19” — “Soʻgʻdiyona U19”

10-tur doirasidagi “Mashʼal U19” — “Soʻgʻdiyona U19” uchrashuvining 70-daqiqasida “Mashʼal U19” jamoasi futbolchisi Axrorbek Rahimov raqib oʻyinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Axrorbek Raximovga (Mashʼal U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Ayollar Oliy ligasi

“Soʻgʻdiyona-W” — OKMK-W

Ayollar Oliy ligasi doirasida “Soʻgʻdiyona-W” — OKMK-W uchrashuvining 14-daqiqasida “Soʻgʻdiyona-W” jamoasi futbolchisi Ruxshona Usarova toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ruxshona Usarovaga (Soʻgʻdiyona-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi-W” — “Navbahor-W”

“Neftchi-W” — “Navbahor-W” uchrashuvining 54-daqiqasida “Navbahor W” jamoasi futbolchisi Feruza Joʻraboyeva toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining koʻkrak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Feruza Joʻraboyevaga (Navbahor W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona-W” — “Sevinch ”

Ayollar Oliy ligasi doirasida “Soʻgʻdiyona-W” — “Sevinch” uchrashuvining 59-daqiqasida “Sevinch” futbolchisi Alvine Emma Njolle Ngonja toʻp uchun kurashish vaqtida qoʻlning tirsak qismi bilan raqib oʻyinchisining zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Alvine Emma Njolle Ngonjaga (Sevinch) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

OKMK W — “Neftchi-W”

Ayollar Oliy ligasi doirasida OKMK W — “Neftchi-W” uchrashuvining 59-daqiqasida “Neftchi W” futbolchisi Fazilat Baxromova toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Fazilat Baxromovaga (Neftchi-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!