Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Andijon” — “Qoʻqon-1912”
Superliganing 16-turi doirasidagi “Andijon” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvini tashkil etishda, xususan, jamoalarni stadionga qadar yetib kelishini tashkillashtirishda mezbon jamoa tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Soʻgʻdiyona” — “Nasaf”
Superliga 16-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloyev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Suxrob Nurulloyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum” — “Buxoro”
Superliga 17-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Vaxobov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ilhomjon Vaxobovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo” — “Navbahor”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin boʻladigan fleshintervyuda ishtirok etishi, shuningdek, oʻyindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Biroq “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuvdan soʻng maxsus mikst-zonadan harakatlanmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Surxon”
Superliganing 17-turi doirasidagi “Xorazm” — “Surxon” uchrashuvining 40-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatilla Poyonov toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyogʻiga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sunnatilla Poyonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Abbos Otaxonov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisi oyogʻining himoyalanmagan qismiga oyogʻining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abbos Otaxonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Navbahor” — “Soʻgʻdiyona”
17-tur doirasidagi “Navbahor” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 67-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” jamoasi futbolchisi Xondamir Mustafoqulov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xondamir Mustafoqulovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
90+5-daqiqada esa “Soʻgʻdiyona” jamoasi futbolchisi Zoir Joʻraboyev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan. Unga nisbatan ham jarima intizom chorasi qoʻllanilgan.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Navbahor” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda kamchilikka yoʻl qoʻygani, jumladan, uchrashuv davomida stadion xodimi mezbon jamoa oʻrindigʻi oldida turib uchrashuvni kuzatib, maydonga yaqin holatda futbolchilarga koʻrsatmalar berishga uringani va komissar ogohlantirishlariga qaramay u hududni tark etmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra “Navbahor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 81-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Toma Tabatadze, 83-daqiqasida esa shu jamoa futbolchisi Marko Kolakovich hakam qaroriga eʼtiroz bildirganligi uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Neftchi” — “Nasaf”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 24-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Farrux Sayfiyev toʻp uchun kurashda oyogʻi bilan raqib futbolchisi oyogʻining boldir qismini bosgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farrux Sayfiyevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida, klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Neftchi” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, shuningdek, klub matbuot kotibi akkreditatsiyasiz shaxslarni foto va media hududida faoliyat olib borishga koʻmaklashgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, klubga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi va klub matbuot kotibi kelgusida ushbu harakatlarni qayta takrorlasa, uning akkreditatsiyasi bekor qilinishi boʻyicha ogohlantirildi.
OKMK — “Qizilqum”
Superliga 18-turidan oʻrin olgan OKMK — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Asror Gʻafurov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asror Gʻafurovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo” — “Paxtakor”
Superliganing 18-turi doirasidagi “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov raqib futbolchisiga nisbatan toʻpsiz vaziyatda tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Firdavs Abdurahmonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Dinamo” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani sababli jarima intizom chorasi belgilandi.
“Qoʻqon-1912” — “Surxon”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.7-bandida klub uchrashuv startidan 75 daqiqa avval elektron qaydnomaga futbolchilarning ismi-familiyasi, raqamlarini oʻsish tartibida hamda ampluasini, rasmiy shaxslar ismi-familiyasi va lavozimini litsenziyada koʻrsatilgani boʻyicha kiritish uchun Liga komissariga futbolchilar va klub rasmiylari litsenziyasini taqdim etishi talab etilgan. Mazkur uchrashuv avvalida “Surxon” jamoasi futbolchi va rasmiylarining barcha litsenziya hamda akkreditatsiyalari ehtiyotsizlik sabab qolib ketgani oqibatda mehmon jamoa uchrashuvni litsenziyalarsiz oʻtkazgani qayd etilib.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Qizilqum”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin boʻladigan flesh intervyuda ishtirok etishi, shuningdek, oʻyindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuv yakunlangandan soʻng “Xorazm” jamoasi futbolchisi Vladimir Bubanya komissarning mikst-zonada oʻtish boʻyicha talabni bajarmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vladimir Bubanyaga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Navbahor” — “Neftchi”
Superliga 19-turidan oʻrin olgan “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Muxsin Ubaydullayev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muxsin Ubaydullayevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qoʻqon-1912” — “Surxon”
Superliga 19-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Surxon” uchrashuvining 7-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Jumayev, 36-daqiqada esa “Surxon” jamoasi futbolchisi Behzod Shamsiyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Proliga
“Olimpik” — “Lokomotiv”
Proliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 86-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kirill Todorov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kirill Todorovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
U-21 chempionati
“Soʻgʻdiyona U-21” — “Nasaf U-21”
U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvining uchrashuvning 66-daqiqasida “Nasaf U-21” jamoasi murabbiyi Hamza Karimov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Hamza Karimovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
89-daqiqada “Nasaf U-21” jamoasi futbolchisi Mirshodbek Suyunov hakamni nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirshodbek Suyunovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21”
U-21 chempionatining 17-turi doirasidagi “Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 35-daqiqasida “Qizilqum U-21” jamoasi futbolchisi Sherzod Majidov raqib futbolchisiga nisbatan qoʻpol oʻyin qoʻllagani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherzod Majidovga 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5 – bandida klub hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanishi, ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etilgan. Biroq ushbu oʻyinning 59-daqiqasida jamoat tartibi uchun masʼul xodimlar ketib qolgani, uchrashuv maʼlum muddatga toʻxtatilgani, ushbu xodimlar qaytib kelgach uchrashuv davom ettirilgani qayd etilib, holat boʻyicha chora koʻrish soʻralgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Qizilqum” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qoʻqon-1912 U-21” — “Neftchi U-21”
U-21 chempionatining 17-turi doirasidagi “Qoʻqon-1912 U-21” — “Neftchi U-21” uchrashuvining 85-daqiqasida “Neftchi U-21” jamoasi futbolchisi Muhammadziyo Ahmadjonov qizil kartochka olgan. Shundan soʻng u bosh hakamni nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgan hamda uchrashuv yakunida hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatib tartibsizlik keltirib chiqargan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadziyo Ahmadjonovga 5 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Paxtakor U-21” — “Soʻgʻdiyona U-21”
U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Paxtakor U-21” — “Soʻgʻdiyona U-21” uchrashuvining 82-daqiqasida “Paxtakor U-21” jamoasi futbolchisi Feruzbek Olimov raqib futbolchisini nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Feruzbek Olimovga 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo U-21” — OKMK U-21
U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Dinamo U-21” — OKMK U-21 uchrashuvining 70-daqiqasida “Dinamo U-21” jamoasi futbolchisi Maqsudxoʻja Aʼloxoʻjayev bosh hakamni nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Maqsudxoʻja Aʼloxoʻjayevga 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Nasaf U-21” — “Shoʻrtan U-21”
U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi “Nasaf U-21” — “Shoʻrtan U-21” uchrashuvidan soʻng “Shoʻrtan U-21” jamoasi futbolchisi Adhamjon Musulmonov bosh hakamni nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilib, tajovuzkor harakatlar qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Adhamjon Musulmonovga 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Andijon U-21” — “Navbahor U-21”
U-21 chempionatining 18-turi doirasidagi ushbu uchrashuvning 87-daqiqasida “Andijon U-21” jamoasi futbolchisi Asadbek Habibullayev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Habibullayevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo U-21” — “Navbahor U-21”
U-21 chempionatining 16-turi doirasidagi uchrashuvning 25-daqiqasida “Navbahor U-21” jamoasi murabbiyi Sherzod Joʻrayev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Joʻrayevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo U-21” — OKMK U-21
U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi uchrashuvning 62-daqiqasida “Dinamo U-21” jamoasi futbolchisi Javohir Rustamov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rustamovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo U-21” — “Paxtakor U-21”
U-21 chempionatining 18-turi doirasidagi uchrashuvning 29-daqiqasida “Dinamo U-21” jamoasi murabbiyi Andrey Pyatnitskiy hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Pyatnitskiyga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
U-21 chempionatining 19-turi doirasidagi shu uchrashuvning 90-daqiqasida “Paxtakor U-21” jamoasi futbolchisi Muhammadbobur Karimov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Karimovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Birinchi liga
“Sirdaryo FA” — “Lokomotiv-farm”
Birinchi liga chempionatining 11-turi doirasidagi “Sirdaryo FA” — “Lokomotiv-farm” uchrashuvining 76-daqiqasida “Lokomotiv-farm” jamoasi futbolchisi Artur Mxitaryan toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining tizzasiga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Artur Mxitaryanga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Doʻstlik” — “Namangan FA”
Birinchi liga chempionatining 10-turi doirasidagi “Doʻstlik” — “Namangan FA” uchrashuvi oldidan reglamentda belgilangan tartib buzilgan. Jumladan, uchrashuv avvalida OʻzPFL madhiyasi yangramagani qayd etildi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Doʻstlik” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Ishtixon” — “Sirdaryo FA”
Birinchi liga chempionatining 10-turi doirasidagi “Ishtixon” — “Sirdaryo FA” uchrashuvini tashkil qilish jarayonida qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, uchrashuv qaydnomasini toʻldirish uchun mezbon jamoa 20 daqiqa kech kelgani, uchrashuv video tasvirga olinmagani va tez tibbiy yordam mashinalari oʻz vaqtida kelmaganligi oqibatida oʻyin kechikib boshlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Ishtixon” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“OKMK Semurg” — “Paxtakor-farm”
Birinchi liga chempionatining 10-turi doirasidagi “OKMK Semurg” — “Paxtakor-farm” uchrashuvini tashkil qilishda ham reglament talablari buzilgani qayd etildi. Xususan, hakamlar brigadasi uchun belgilangan xona ochilmagani, OʻzPFL madhiyasi yangramagani va stadion xonalarida zarur sharoitlar yaratilmagani aniqlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “OKMK” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
U-19 chempionati
“Andijon U-19” — OKMK U-19
U-19 chempionatining 13-turidoirasidagi “AndijonU-19” — OKMKU-19 uchrashuvining 81-daqiqasidaOKMKU-19 jamoasifutbolchisiAkobirMoʻminovraqibfutbolchisiganisbatanqoʻpoloʻyinqoʻllaganiuchunqizilkartochkaolgan.
Tartib-intizomqoʻmitasiningqarorigakoʻra, AkobirMoʻminovga 2 taoʻyingachetlashtirishintizomchorasiqoʻllanildi.
“Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19”
U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Olimpik U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvining 67-daqiqasida “Paxtakor U-19” jamoasi futbolchisi Muhammadshoh Ahmedov bosh hakamni nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammadshoh Ahmedovga 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro U-19” — “Nasaf U-19”
U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi “Buxoro U-19” — “Nasaf U-19” uchrashuvining 59-daqiqasida “Nasaf U-19” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ubayev raqib futbolchisiga oyogʻi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Kamronbek Ubayevga 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Bunyodkor U-19” — “FarDU U-19”
U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Bunyodkor U-19” — “FarDU U-19” uchrashuvining 45-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari ishtirokida tartibsizlik yuzaga kelgan. Natijada “Bunyodkor U-19” jamoasidan Asadbek Anvarov, Zikrilloh Muxtorov va Abdurahmon Otaxonov hamda “FarDU U-19” jamoasidan Ibrohimjon Musumjonov va Alisher Alijonov qoʻpol xatti-harakatlari uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, mazkur futbolchilarning har biriga 5 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi. Shuningdek, “Bunyodkor” va “FarDU” klublariga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi.
Ayollar chempionati
“Surxon-W” — “Paxtakor-W”
Ayollar oliy ligasining 11-turi doirasidagi ushbu uchrashuvning 42-daqiqasida “Surxon-W” jamoasi futbolchisi Eʼzoza Ismoilova oyogʻining tag qismi bilan raqib futbolchisiga zarba bergani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ismoilovaga 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Sevinch-W” — “Neftchi-W”
Ayollar oliy ligasining 11-turi doirasidagi uchrashuvning 80-daqiqasida “Sevinch-W” jamoasi futbolchisi Maftuna Jonimqulova toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisini ataylab tepgani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jonimqulovaga 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Soʻgʻdiyona-W” — OKMK-W
Ayollar oliy ligasining 12-turi doirasidagi uchrashuvning 32-daqiqasida “Soʻgʻdiyona-W” jamoasi futbolchisi Kumushoy Gʻulomova raqib jamoasi golidan soʻng raqib futbolchisini oyogʻiga tepgani uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Gʻulomovaga 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Aral-W” — “Xorazm-W”
Ayollar birinchi ligasining 11-turi doirasidagi ushbu uchrashuvning 52-daqiqasida “Xorazm-W” jamoasi futbolchisi Maxinur Qoʻziyeva hakam qaroriga eʼtiroz qilib, raqib futbolchisini tepganligi uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Qoʻziyevaga 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Shu uchrashuvning 80-daqiqasida esa “Aral-W” jamoasi futbolchisi Shaxsanem Joldasbaeva toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining oyogʻiga tepganligi uchun qizil kartochka oldi.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Joldasbaevaga 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!