Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Soʻgʻdiyona” — “Buxoro”
Oʻzbekiston Superligasining 11-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Buxoro” uchrashuvidan soʻng “Buxoro” jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullayev tunnelga kirish mobaynida muxlislarga qarata nomaqbul ishoralar koʻrsatgani va provokatsion harakatlar qilgani muxlislarning noroziligiga sabab boʻlgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shirinboy Abdullayevga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum” — “Soʻgʻdiyona”
Oʻzbekiston Superligasining 12-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” jamoasi futbolchisi Otabek Ahadov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining oyogʻini bosganligi uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Otabek Ahadovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
OKMK — “Shoʻrtan”
Superliganing 12-turi doirasidagi OKMK — “Shoʻrtan” uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Asadbek Saidxonov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Asadbek Saidxonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Dinamo”
12-tur doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Shahrom Samiyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahrom Samiyevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Mashʼal” — “Nasaf”
13-tur doirasidagi “Mashʼal” — “Nasaf” uchrashuvining 90-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Sardorbek Bahromov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardorbek Bahromovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Neftchi” — “Buxoro”
Superliga chempionatining 13-turi doirasidagi “Neftchi” — “Buxoro” uchrashuvining 19-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Sardor Qulmatov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardor Qulmatovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Buxoro” jamoasi murabbiyi Ulugʻbek Bakayev yordamchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ulugʻbek Bakayevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Shoʻrtan” — “Surxon”
13-tur doirasidagi “Shoʻrtan” — “Surxon” uchrashuvining 33-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatullox Xamidjonov toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sunnatullox Xamidjonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 47-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Jamaldin Xodjaniazov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jamaldin Xodjaniazovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuxammadov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Shahboz Nuriddinov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahboz Nuriddinovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Navbahor” — OKMK
13-tur doirasidagi “Navbahor” — OKMK uchrashuvining 6-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Islom Toʻxtaxoʻjayev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Islom Toʻxtaxoʻjayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 81-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Ali Abdurahmonov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ali Abdurahmonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Shuningdek, mazkur uchrashuv komissarining bildirgisiga koʻra, “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik holati aniqlangan. Xususan, “Navbahor” jamoasi bu borada koʻplab kamchiliklarga yoʻl qoʻygan; fotomuxbir va toʻp olib beruvchi bolalar uchun stullar yetarli boʻlmagan, komissar xonasida WiFi boʻlsa ham internet mavjud boʻlmagan, uchrashuv tugashi bilan muxlislarni maydonga va texnik zonaga kirishiga yoʻl qoʻyilgan, jamoa futbolchilari uchrashuvdan soʻng miks zonadan harakatlanmagan va uchrashuv mobaynida toʻp olib beruvchi bolalar toʻplarni yashirishga uringan va toʻpni uzatmaslik harakatlari aniqlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Navbahor lochinlari” jamoasiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Paxtakor” — “Qoʻqon-1912”
13-tur doirasidagi “Paxtakor” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvining 82-daqiqasida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Beshimov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzod Beshimovga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Shoʻrtan”
Superliga chempionatining 14-turi doirasidagi “Buxoro” — “Shoʻrtan” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Ulugʻbek Xudoyberdiyev toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisining qorin qismiga oyogʻi bilan zarba bergan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ulugʻbek Xudoyberdiyevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Andijon”
14-tur doirasidagi “Xorazm” — “Andijon” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Eldor Adhamov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Neftchi” — “Buxoro”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.20 — bandida klub vakili uchun litsenziya musobaqada ishtirok etish va tegishli zonaga kirish huquqini beruvchi yagona hujjat hisoblanadi. Litsenziya egasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan taqdirida texnik zonaga qoʻyiladi, hamda “Superliga va Proliga reglamenti”ning 23.2 — bandida hakamlik sifatiga nisbatan klubda eʼtirozlar mavjud boʻlsa, bosh murabbiy yoki sport direktori uchrashuv yakuniga yetganidan keyingi 30 daqiqa ichida bu haqda Liga komissariga maʼlum qilishga hamda oʻz eʼtirozini uchrashuv qaydnomasida imzolashni talab qilishga haqli etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro” jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan murabbiyni matbuot anjumaniga kiritgan hamda hakamlik boʻyicha eʼtiroz qilish tartibiga amal qilmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Buxoro” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Dinamo” — “Bunyodkor”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Dinamo” jamoasi VAR mashinasi va texnik hududlarni xavfsizligini yetarli darajada taʼminlab bera olmagan, yaʼni texnik hududda va futbolchilar kirib chiqish tunnelida begona shaxslar boʻlgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Qoʻqon-1912” — “Dinamo”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.30 — bandida uchrashuv vaqtida klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga koʻrsatma berish uchun ruxsat etiladi. Bunda bosh murabbiy chet el fuqarosi boʻlib, futbolchilar bilan muloqot uchun tarjimon yordami zarur boʻlsa, bosh murabbiy koʻrsatma berishda tarjimondan foydalanishga haqli ekani belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Dinamo” jamoasi futbolchisi Bahodir Nasimov zaxira oʻrindigʻini tark etib, bir necha marotaba hakamga eʼtiroz bildirgan hamda uchrashuv zaxira hakami va komissari tomonida bir necha bor ogohlantirishlariga bepisand munosabatda boʻlgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bahodir Nasimovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Shoʻrtan”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17 — bandida mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir shartli ravishda taymer yoqilgan holda jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishigacha butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Buxoro” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Buxoro” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Proliga
“Olimpik” — “Jayxun”
7-tur doirasidagi “Olimpik” — “Jayxun” uchrashuvining 88-daqiqasida “Jayxun” jamoasi murabbiyi Aybek Nurbayev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Aybek Nurbayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Shuhrat Daryabayev, 90+5-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Ulugʻbek Bekbosinovlar oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shuhrat Daryabayev va Ulugʻbek Bekbosinovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Jayxun” — “Lokomotiv”
Proliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Jayxun” — “Lokomotiv” uchrashuvining 15-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Baxtiyar Arazov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Baxtiyar Arazovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Uchrashuvning 73-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Grigoriy Kolosovskiyga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Olimpik” — “Aral”
Proliganing 9-turi doirasidagi “Olimpik” — “Aral” uchrashuvining 68-daqiqasida “Aral” jamoasi murabbiyi Nagmetulla Kutibayev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Nagmetulla Kutibayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Jayxun” — “Fargʻona DU”
9-tur doirasidagi “Jayxun” — “Fargʻona DU” uchrashuvi avvalida “Fargʻona DU” jamoasi “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.4- bandini buzib, jamoa chigalyozdi mashqlarini 3 daqiqa kech tugatgani hamda tribuna osti yoʻlakchasiga kech saflanishi oqibatida uchrashuv starti 2 daqiqaga kech qolgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Fargʻona DU” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Olimpik Mobiuz” — “Lokomotiv”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.5- bandida klub hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etib belgilangan.
Mazkur bahsda “Olimpik Mobiuz” zaxira oʻrindigʻiga begona shaxsning oʻtirib olgani va komissarning bir necha bor talabiga qaramay ushbu shaxs zaxira oʻrindigʻini tark etmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Olimpik Mobiuz” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Pavel Sinelnikov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Pavel Sinelnikovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Rahimjon Davronov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Rahimjon Davronovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Olimpik” — “Fargʻona DU”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17 — bandida mezbon klub stadion bilan kelishgan holda rasmiy uchrashuvni teletranslyatsiya qilish hamda VAR tizimi uzilishlarsiz ishlashini taʼminlash uchun tezligi eng kamida 100 mbit/s dan boʻlgan hamda mazkur tarmoqlardan Liga talabiga koʻra teletranslyatsiyalar hamda VAR texnikalaridan boshqa manbalar foydalana olmaydigan 2 ta bir-biridan alohida internet tarmogʻi taqdim etishi shart. Rasmiy uchrashuv davomida internet tarmogʻidagi har qanday uzilish sabab jonli efir yoki translyatsiya bilan bogʻliq muammoning kelib chiqishiga bevosita mezbon klub javobgar etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Olimpik” jamoasi uchrashuvda internet uzilishi sabab translyatsiyada muammolar kuzatilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Olimpik” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Fargʻona DU” — “Olimpik”
Proliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Fargʻona DU” — “Olimpik” uchrashuvining 44-daqiqasida “Fargʻona DU” jamoasi futbolchisi Javohir Maqsudov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Javohir Maqsudovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Aral” — “Lokomotiv”
10-turi doirasidagi “Aral” — “Lokomotiv” uchrashuvining 63-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Boburjon Asqarov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Boburjon Asqarovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
U-21 chempionati
“Bunyodkor” — “Soʻgʻdiyona”
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1 — bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilangan boʻlsa-da, “Bunyodkor” jamoasi U21 uchrashuvi uchun berilishi kerak boʻlgan zaxira almashtirish tablosi yaroqsiz holda ekanligi va foydalanib boʻlmasligi uchrashuvda noqulaylik keltirib chiqargan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Bunyodkor” klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Buxoro U21” — “Andijon U21”
12-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Andijon U21” uchrashuvining 90-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi Shohjahon Saidqulov oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shohjahon Saidqulovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
OKMK U21 — “Shoʻrtan U21”
12-tur doirasidagi OKMK U21 — “Shoʻrtan U21” uchrashuvining 72-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Eldorbek Begimov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Eldorbek Begimovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Qizilqum U21” — “Soʻgʻdiyona U21”
12-tur doirasidagi “Qizilqum U21” — “Soʻgʻdiyona U21” uchrashuvining 32-daqiqasida “Soʻgʻdiyona U21” jamoasi futbolchisi Inomjon Abdumajidov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Inomjon Abdumajidovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Bunyodkor U21” — “Paxtakor U21”
12-tur doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 30-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mirkamol Annamatovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Mahmudjon Maxamadjonov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mahmudjon Maxamadjonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Xorazm U21” — “Dinamo U21”
Uchrashuvning 28-daqiqasida “Dinamo U21” jamoasi futbolchisi Ravshanbek Abdumannonov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ravshanbek Abdumannonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Andijon U21” — “Qizilqum U21”
U21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 68-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Akmaljon Muzaffarov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Akmaljon Muzaffarovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Neftchi U21” — “Buxoro U21”
Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi Albert Nurullayev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Albert Nurullayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Mashʼal U21” — “Nasaf U21”
Uchrashuvning 29-daqiqasida “Mashʼal U21” jamoasi futbolchisi Asan Vaniyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Asan Vaniyevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Paxtakor U21” — “Qoʻqon-1912 U21”
U21 chempionatining 13-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Qoʻqon-1912 U21” uchrashuvining 67-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Qoʻqon-1912 U21” jamoasi futbolchisi Jasurbek Mahmudjonov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jasurbek Mahmudjonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Qoʻqon-1912 U21” — “Dinamo U21”
U21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Qoʻqon-1912 U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 60-daqiqasida “Qoʻqon-1912 U21” jamoasi futbolchisi Mirziyod Mirodilov simulyatsiya ishlatgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mirziyod Mirodilovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Nasaf U21” — “Paxtakor U21”
U21 chempionatining 14-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 43-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Javohir Iskandarov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Javohir Iskandarovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi murabbiyi Anvar Rashidov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Anvar Rashidovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Muhammadqodir Hamraliyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Muhammadqodir Hamraliyevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 82-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Temur Odilov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Temur Odilovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Qizilqum U21” — “Neftchi U21”
Uchrashuvning 71-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Hasanboy Umirzakov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Hasanboy Umirzakovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Shohruhbek Yoqubjonov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shohruhbek Yoqubjonovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Navbahor U21” — “Mashʼal U21”
Uchrashuvning 45-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi murabbiyi Sherzod Joʻrayev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sherzod Joʻrayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
OKMK U21 — “Surxon U21
Uchrashuvning 85-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Davron Merganov hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Davron Merganovga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.
U-19 chempionati
“Olimpik U19” — “Qoʻqon-1912 U19”
6-tur doirasidagi “Olimpik U19” — “Qoʻqon-1912 U19” uchrashuvining 65-daqiqasida “Qoʻqon-1912 U19” jamoasi futbolchisi Abdulaziz Noʻmonov yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulaziz Noʻmonovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum U19” — “Buxoro U19”
6-tur doirasidagi “Qizilqum U19” — “Buxoro U19” uchrashuvidan soʻng “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Bekzod Xomidov hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bekzod Xomidovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro U19” — “Surxon U19”
7-tur doirasidagi “Buxoro U19” — “Surxon U19” uchrashuvining 55-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Boxodur Nabatov toʻpsiz vaziyatda raqib jamoasi futbolchisining oyogʻiga oyogʻi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Boxodur Nabatovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Jayxun U19” — “Aral U19”
7-tur doirasidagi “Jayxun U19” — “Aral U19” uchrashuvining 52-daqiqasida “Jayxun U19” jamoasi futbolchisi Diyorbek Fayzullayev toʻpsiz vaziyatda raqib jamoasi futbolchisining oyogʻini oyogʻi bilan ataylab bosganligi uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Diyorbek Fayzullayevga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qoʻqon-1912 U19” — “Andijon U19”
7-tur doirasidagi “Qoʻqon-1912 U19” — “Andijon U19” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Andijon U19” jamoasi futbolchisi Abduqodir Neʼmatov raqib jamoasi futbolchisining yuziga qoʻlining kaft qismi bilan urgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abduqodir Neʼmatovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
OKMK U19 — “Neftchi U19”
8-tur doirasidagi OKMK U19 — “Neftchi U19” uchrashuvining 90+2-daqiqasida OKMK U19 jamoasi murabbiyi Elyor Intizomov hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Elyor Intizomovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm U19” — “Soʻgʻdiyona U19”
9-tur doirasidagi “Xorazm U19” — “Soʻgʻdiyona U19” uchrashuvining 81-daqiqasida “Xorazm U19” jamoasi murabbiyi Rasulbek Atajanov hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Rasulbek Atajanovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Olimpik mobiuz U19” — “Olimpik U19”
9-tur doirasidagi “Olimpik mobiuz U19” — “Olimpik U19” uchrashuvining 72-daqiqasida “Olimpik U19” jamoasi futbolchisi Abduvohid Muratbekov raqib jamoasi futbolchisi yotgan paytida oyogʻining himoyalanmagan qismini oyogʻini tag qismi bilan bosganligi uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abduvohid Muratbekovga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Jayxun U19” — “Dinamo U19”
U19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Jayxun U19” — “Dinamo U19” uchrashuvining 55-daqiqasida “Dinamo U19” jamoasi futbolchisi Sardor Murodov raqib jamoasi futbolchisi yotgan paytida tizzasi bilan bosib jarohat yetkazishga uringani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sardor Murodovga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.
“Shoʻrtan U19” — “Aral U19”
U19 chempionatining 9-turi doirasidagi “Shoʻrtan U19” — “Aral U19” uchrashuvining 68-daqiqasida “Shoʻrtan U19” jamoasi futbolchisi Sohibjon Yoʻldoshev toʻp uchun kurashda raqib jamoasi futbolchisini yuziga qoʻli bilan urgani qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sohibjon Yoʻldoshevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Olimpik U19” — “Neftchi U19”
10-tur doirasidagi “Olimpik U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 83-daqiqasida “Neftchi U19” jamoasi murabbiyi Shuhratjon Mirzayev hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shuhratjon Mirzayevga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo U19” — “Buxoro U19”
10-tur doirasidagi “Dinamo U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 70-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Saidmuxsin Muxsinov hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Saidmuxsin Muxsinovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish chorasi qoʻllanildi.
Birinchi liga
“Navoiy akademiya” — “Qumqoʻrgʻon-1977”
Birinchi liga chempionatining 6-turi doirasidagi “Navoiy akademiya” — “Qumqoʻrgʻon-1977” uchrashuvining 74-daqiqasida “Qumqoʻrgʻon-1977” jamoasi futbolchisi Orzubek Boʻriyev hakam qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka bilan jazolanadi. Hakamga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatib tajovuzkorona harakat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Orzubek Boʻriyevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Ahmedov FK” — “Zamin”
6-tur doirasidagi “Ahmedov FK” — “Zamin” uchrashuvining 51-daqiqasida “Ahmedov FK” jamoasi futbolchisi Amirxon Erkinov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Amirxon Erkinovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Lokomotiv-farm” — “Oqtepa”
7-tur doirasidagi “Lokomotiv-farm” — “Oqtepa” uchrashuvining 79-daqiqasida “Lokomotiv-farm” jamoasi futbolchisi Ogʻabek Shomurodov hakam shaʼniga nomaqbul soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ogʻabek Shomurodovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Uchrashuvning 80-daqiqasida “Lokomotiv-farm” jamoasi murabbiyi Sobir Usmonxoʻjayev hakam shaʼniga nomaqbul soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sobir Usmonxoʻjayevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Navoiy akademiya” — “Qiziriq”
Birinchi liga chempionatining 8-turi doirasidagi “Navoiy akademiya” — “Qiziriq” uchrashuvi 30-daqiqasida “Qiziriq” jamoasi futbolchisi Akbar Murodov toʻp uchun kurashda raqib futbolchisining yuziga oyogʻi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Akbar Murodovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Aral akademiya” — “Kattaqoʻrgʻon”
8-tur doirasidagi “Aral akademiya” — “Kattaqoʻrgʻon” uchrashuvining 37-daqiqasida “Kattaqoʻrgʻon” jamoasi futbolchisi Murodjon Shamsiddinov toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisining yuziga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Murodjon Shamsiddinovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Paxtakor-farm” — “Bogʻdod”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.15 — bandida mezbon jamoa oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektor hamda Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Paxtakor-farm” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Paxtakor-farm” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Jizzax FA” — “Toshkent VFA”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.15 — bandida mezbon jamoa oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektor hamda Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Jizzax FA” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Jizzax FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Jizzax FA” — “Sirdaryo FA”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.15 — bandida mezbon jamoa oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektor hamda Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart. Bunda tasvir jamoalarning maydonga chiqish paytidan to kiyinish xonasiga qaytishlarigacha shartli ravishda taymer yoqilgan holda butun uchrashuv davomida uzluksiz suratga tushirilishi zarur. Mazkur uchrashuvda “Jizzax FA” jamoasi uchrashuv video yozuvini belgilangan vaqt ichida Ligaga taqdim etmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Jizzax FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Sementchi” — “Lokomotiv BFK”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Sementchi” jamoasi uchrashuvga xavfsizlik xodimlarini oʻz vaqtida taʼminlab bermagani sababli uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Sementchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Sementchi” — “Navbahor-farm”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Sementchi” jamoasi uchrashuvga xavfsizlik xodimlarini oʻz vaqtida taʼminlab bermagani sababli uchrashuv 18 daqiqa kech boshlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Sementchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro FA” — “Kattaqoʻrgʻon”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro FA” jamoasi uchrashuvga tez-tibbiy yordam mashinasi va xodimlarini oʻz vaqtida taʼminlab bermagani sababli uchrashuv 24 daqiqa kech boshlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Buxoro FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Fargʻona FA” — “OKMK-Semurgʻ”
“Birinchi liga reglamenti”ning 13.5 — bandida Jamoa hamda stadion uchrashuv oʻtkazilishi bilan bogʻliq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun masʼul hisoblanadi. Ular uchrashuv xavfsizligi hamda tez tibbiy yordam uchun masʼul organlar bilan hamkorlikda uchrashuvdan oldin, uchrashuv davomida va uchrashuvdan keyin stadionda, unga tutash hududda intizom hamda jamoatchilik tartibini saqlash uchun barcha zarur chorani koʻrishi talab etilgan. Mazkur uchrashuvda “Fargʻona FA” jamoasi uchrashuvga tez-tibbiy yordam mashinasi va xodimlarini oʻz vaqtida taʼminlab bermagani sababli uchrashuv 15 daqiqa kech boshlangan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Fargʻona FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro DU” — “Buxoro FA”
“Birinchi liga reglamenti”ning 14.9 — bandida uchrashuv qaydnomasidan Liga litsenziyaga ega boʻlgan 7 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi uchun ruxsat etiladi, klub rasmiylari orasida klub shifokorining boʻlishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Buxoro DU” jamoasi uchrashuv qaydnomasiga shifokorni kirgizmagan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Buxoro DU” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Namangan FA” — “Bogʻdod”
“Birinchi liga reglamenti”ning 14.9 — bandida uchrashuv qaydnomasidan Liga litsenziyaga ega boʻlgan 7 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi uchun ruxsat etiladi, klub rasmiylari orasida klub shifokorining boʻlishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuvda “Bogʻdod” jamoasi safarga bormagan bosh murabbiyni uchrashuv qaydnomasiga kiritgan va uchrashuv komissarini aldashga uringan.
Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Bogʻdod” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Ayollar oliy ligasi
“Paxtakor-W” — “Buxoro-W”
Ayollar oliy liga chempionatining 10-turi doirasidagi “Paxtakor-W” — “Buxoro-W” uchrashuvining 21-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Diyora Joʻraboyeva hakamga nisbatan tajovuzkorona harakati uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyora Joʻraboyevaga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo-W” — “Mashʼal-W”
6-tur doirasidagi “Dinamo-W” — “Mashʼal-W” uchrashuvining 86-daqiqasida “Dinamo-W” jamoasi futbolchisi Adelya Vildanova raqib futbolchisiga nisbatan tajovuzkorona harakati uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Adelya Vildanovaga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Uchrashuvdan soʻng “Dinamo-W” jamoasi futbolchisi Zebiniso Rahmatullayeva hamda “Mashʼal-W” jamoasi futbolchisi Jozefina Vahobjonovalar oʻzaro janjallashib bir birini urgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, ularning har ikkisiga nisbatan 4 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Shoʻrtan-W” — “Navbahor-W”
Ayollar birinchi liga chempionatining 6-turi doirasidagi “Shoʻrtan-W” — “Navbahor-W” uchrashuvining 61-daqiqasida “Shoʻrtan-W” jamoasi futbolchisi Roziyabonu Ubaydullayeva toʻpsiz vaziyatda “Navbahor-W” jamoasi futbolchisi Madina Abdurasulovaning oyogʻiga zarba bergani uchun “Navbahor-W” jamoasi futbolchisi Madina Abdurasulova ham bunga javob qaytarib futbolchining oyogʻiga tepgani uchun har ikkisi ham qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, ularning har ikkisiga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
“Aral-W” — “Dinamo-W”
Ayollar birinchi liga chempionatining 6-turi doirasidagi “Aral-W” — “Dinamo-W” uchrashuvining 67-daqiqasida “Aral-W” jamoasi murabbiyi Rufat Babajanov hakam shaʼniga nomaqbul soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rufat Babajanovga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom chorasi qoʻllanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!