Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Surxon” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Surxon” — “Paxtakor” uchrashuvining 76-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Kirill Kolesnichenko o‘yin qoidasini jiddiy buzib, raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Kirill Kolesnichenkoga 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Sho‘rtan”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 83-daqiqasida “Sho‘rtan” futbolchisi Sardor Sa’dullayev raqib futbolchisining oyog‘ining tag qismini bosib ketgani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Sa’dullayevga 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Qizilqum”
Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Dinamo” — “Qizilqum” uchrashuvidan so‘ng hakamlar tunelga kirish vaqtida “Qizilqum” jamoasi xodimi Zamon Rizayev jiddiy tarzda haqorat qilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zamon Rizayevga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Sho‘rtan”
Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Neftchi” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 6-daqiqasida “Sho‘rtan” futbolchisi Jo‘rabek Mannonov o‘yin qoidasini jiddiy buzib, raqib futbolchisining qorin qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jo‘rabek Mannonovga 2 ta o‘yinga chetlashtirish choralari qo‘llanildi.
OKMK — “Neftchi”
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi OKMK — “Neftchi” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, OKMK klubi xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamagan, begona shaxslarning KTS (ko’chma televizion stansiyasi) hududiga kirib olgan va litsenziyasiz ko‘plab odamlar texnik hududda harakatlangan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, OKMK klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Surxon” — “So‘g‘diyona” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.6-bandida klub bosh murabbiyi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishi shart. Uchrashuv tugaganidan keyingi 15 daqiqa oralig‘ida mag‘lub bo‘lgan yoki mehmon jamoa birinchi bo‘lib matbuot anjumaniga taklif etilishi belgilangan bo‘lsa-da, uchrashuvdan so‘ng “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fevzi Davletovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Xorazm” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 17.13-bandiga muvofiq klub mezbon maqomida o‘tkazadigan har qanday rasmiy uchrashuvida faqatgina mavsum uchun tanlangan uy libosida maydonga tushishi talab etiladi. Liga mezbon klubning uy libosi rangidan kelib chiqib, uchrashuv oldidan mehmon maqomidagi klub uchun libos rangini belgilashga haqli bo‘lsa-da, uchrashuvda “Navbahor lochinlari” jamoasi uy uchrashuvida mehmon libosida, “Xorazm” jamoasi esa uy uchrashuvlari libosida maydonga chiqqan. Bu bilan har ikki jamoa musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha talablarga rioya qilmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, “Xorazm” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Neftchi” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 80-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi murabbiyi Ulug‘bek Boqiyev raqib jamoasi futbolchisini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shuningdek, “Neftchi” jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov ham raqib jamoa murabbiyini provokatsion harakatlar bilan haqorat qilib tartibsizlik keltirib chiqargan. Uchrashuvning 90+2-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich raqib jamoa futbolchisiga to‘pni qo‘pol va provokatsion tarzda uzatgani norozilikka sabab bo‘lgan. Shu vaqt “Neftchi” jamoasi futbolchisi Eldor Suyunov tribunadan texnik zonaga tushib, raqib jamoa murabbiyini haqorat qilib provokatsion harakatlar qilgan va oqibatda ommaviy tartibsizlik yuzaga kelgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Boqiyevga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Denis Ivankovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Eldor Suyunovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Mash’al”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Buxoro” — “Mash’al” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.22-bandida uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan rasmiy shaxs ko‘ksida texnik zonaga kirishga ruxsat beruvchi litsenziya bo‘lishi talab etilgan bo‘lsa-da, uchrashuv komissari ogohlantirishiga qaramasdan “Buxoro” jamoasi rasmiylari Viktor Karpenko va San’at Bomurotovlar litsenziya taqmasdan texnik zonada harakatlanishgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Viktor Karpenkoga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
San’at Bomurotovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Surxon”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Dinamo” — “Surxon” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.22-bandida uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan rasmiy shaxs ko‘ksida texnik zonaga kirishga ruxsat beruvchi litsenziya bo‘lishi talab etilgan (bosh murabbiy bundan mustasno) bo‘lsa-da, uchrashuv davomida “Surxon” jamoasi yordamchi murabbiyi Stanislav Kudryashov ruxsat etuvchi litsenziyani taqmasdan texnik zonada harakatlangan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Stanislav Kudryashovga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon” — “Neftchi”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Andijon” — “Neftchi” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.15-bandida uchrashuv davomida ovoz kuchaytirgich orqali e’lon qilinadigan har qanday xabar yoki signal Liga komissari bilan kelishilgan bo‘lishi talab etilgan bo‘lsa-da, uchrashuv davomida “Andijon” jamoasi suxandoni Liga tomonidan taqdim etilgan suxandon yo’riqnomasiga amal qilmagan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Surxon”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Dinamo” — “Surxon” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.15-bandida uchrashuv davomida ovoz kuchaytirgich orqali e’lon qilinadigan har qanday xabar yoki signal Liga komissari bilan kelishilgan bo‘lishi talab etilgan bo‘lsa-da, uchrashuv davomida “Dinamo” jamoasi suxandoni Liga tomonidan taqdim etilgan suxandon yo’riqnomasiga amal qilmagan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Navbahor”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Navbahor” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.18-bandiga muvofiq mezbon klub stadion bilan kelishgan holda rasmiy uchrashuvni teletranslyatsiya qilish hamda VAR tizimi uzilishlarsiz ishlashini ta’minlash uchun tezligi eng kamida 100 mbit/s dan bo‘lgan hamda mazkur tarmoqlardan Liga talabiga ko‘ra teletranslyatsiyalar hamda VAR texnikalaridan boshqa manbalar foydalana olmaydigan 2 ta bir-biridan alohida internet tarmog‘i taqdim etishi shart. Rasmiy uchrashuv davomida internet tarmog‘idagi har qanday uzilish sabab jonli efir yoki translyatsiya bilan bog‘liq muammoning kelib chiqishiga bevosita mezbon klub javobgar hisoblangan bo‘lsa-da, uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi stadionda internet tarmog‘i bilan ta’minlamagani sababli maxsus platforma translyatsiyasi amalga oshmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Qizilqum” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — “Dinamo”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Dinamo” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.18-bandiga mezbon klub stadion bilan kelishgan holda rasmiy uchrashuvni teletranslyatsiya qilish hamda VAR tizimi uzilishlarsiz ishlashini ta’minlash uchun tezligi eng kamida 100 mbit/s dan bo‘lgan hamda mazkur tarmoqlardan Liga talabiga ko‘ra teletranslyatsiyalar hamda VAR texnikalaridan boshqa manbalar foydalana olmaydigan 2 ta bir-biridan alohida internet tarmog‘i taqdim etishi shart. Rasmiy uchrashuv davomida internet tarmog‘idagi har qanday uzilish sabab jonli efir yoki translyatsiya bilan bog‘liq muammoning kelib chiqishiga bevosita mezbon klub javobgar hisoblangan, bo‘lsa-da, uchrashuvda “Sho‘rtan” jamoasi stadionda internet tarmog‘i bilan ta’minlamagani sababli maxsus platforma translyatsiyasi amalga oshmagan
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Sho‘rtan” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK — “Andijon”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvining 61-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Ali Abdurahmonov to‘psiz vaziyatda raqib futbolchisining yuziga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ali Abdurahmonovga (OKMK) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvining 78-daqiqasida zaxiraga olingan OKMK jamoasi futbolchisi Ruben Sanchez uchrashuvning 90+8-daqiqasida ruxsatsiz maydonga tushgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ruben Sanchezga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.30-bandiga muvofiq, uchrashuv vaqtida klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga ko‘rsatma berish uchun ruxsat etiladi. Bunda bosh murabbiy chet el fuqarosi bo‘lib, futbolchilar bilan muloqot uchun tarjimon yordami zarur bo‘lsa, bosh murabbiy ko‘rsatma berishda tarjimondan foydalanishga haqli etib belgilangan, bo‘lsa-da, OKMK jamoasi murabbiyi Xayrulla Karimov uchrashuv mobaynida davomiy tarzda turib ko‘rsatmalar bergan va zaxira hakamiga e’tiroz bildirgan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xayrulla Karimovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi OKMK — “Andijon” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Eldor Adhamov hamda 90+3-daqiqasida Ilhom Abdug‘aniyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Eldor Adhamovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Ilhom Abdug‘aniyevga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Xorazm” uchrashuvining 50-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Rustamjon Abduxamidov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rustamjon Abduxamidovga (“Xorazm”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “Surxon”
Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Mash’al” — “Surxon” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Mash’al” jamoasi futbolchisi Umidjon Xamroyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Umidjon Xamroyevga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Andijon”
Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Andijon” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Dilshodbek Misiraliyev hamda 90+4-daqiqasida Muhammadyusuf Sobirov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilshodbek Misiraliyevga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Muhammadyusuf Sobirovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Andijon” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Neftchi” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf” — “Qizilqum”
Superliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf” — “Qizilqum” uchrashuvining 70-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Fayzullobek Jumanqo‘ziyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fayzullobek Jumanqo‘ziyevga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — “Dinamo”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Dinamo” uchrashuvining 18-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Doniyorjon Narzullayev simulyatsiya qilgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Doniyorjon Narzullayevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Surxon” — “Paxtakor” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadali O‘rinboyevga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — OKMK
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — OKMK uchrashuvining 86-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Baxtiyorjon Qosimov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Baxtiyorjon Qosimovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — OKMK uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Akramov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Akramovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Xorazm” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Umidjon Ergashev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Umidjon Ergashevga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Surxon” — “So‘g‘diyona” uchrashuvning 90-daqiqasida “Surxon” jamoasi murabbiyi Stanislav Kudryashov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Stanislav Kudryashovga (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Surxon” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 20-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Lyupcho Doriev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lyupcho Dorievga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — “Andijon”
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Andijon” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Oleg Zoteyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oleg Zoteyevga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 45+10-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Boburbek Yo‘ldoshev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Boburbek Yo‘ldoshevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 75-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Alisher Odilov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alisher Odilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Paxtakor” uchrashuvining 69-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Nikola Kumburovich hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nikola Kumburovichga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Buxoro”
Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Buxoro” uchrashuvining 59-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikich hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Frane Ikichga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Qo‘qon-1912”
Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 64-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Alisher Odilov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alisher Odilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Xorazm” uchrashuvining 62-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Murodbek Bobojonov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murodbek Bobojonovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “Bunyodkor”
Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Mash’al” — “Bunyodkor” uchrashuvining 28-daqiqasida “Mash’al” jamoasi futbolchisi Samandar Ochilov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samandar Ochilovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston kubogi
“Zamin” — “Andijon FA”
O‘zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi “Zamin” — “Andijon FA” uchrashuvining 85-daqiqasida “Zamin” futbolchisi Diyorbek Tojiyev o‘yin qoidasini jiddiy buzib, raqib futbolchisining oyog‘ini ataylab bosgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyorbek Tojiyevga 3 ta o‘yinga chetlashtirish choralari qo‘llanildi.
“Zamin” — “Andijon FA”
O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasidagi “Zamin” — “Andijon FA” uchrashuvida “Birinchi liga reglamenti”ning 13.15-bandida jamoa hamda stadion uchrashuv o‘tkazilishi bilan bog‘liq zarur tashkiliy masalalarni hal etish uchun mas’ul hisoblanishi belgilangan bo‘lsa-da, “Zamin” jamoasi uchrashuv komissari xonasida kompyuter va printer bilan ta’minlamaganligi uchrashuv komissari ishiga monelik qilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Zamin” klubiga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Lochin”
O‘zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi “Surxon” — “Lochin” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 18.6-bandida klub bosh murabbiyi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishi shartligi, uchrashuv tugaganidan keyingi 15 daqiqa oralig‘ida mag‘lub bo‘lgan yoki mehmon jamoa birinchi bo‘lib matbuot anjumaniga taklif etilishi belgilangan bo‘lsa-da, uchrashuvdan so‘ng “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etmagan holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fevzi Davletov (Surxon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Proliga
“Olimpik” — “Farg’ona DU”
Proliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Olimpik” — “Farg’ona DU” uchrashuvining 88-daqiqasida “Farg‘ona DU” futbolchisi Ibodjon Abelfazov raqib futbolchisining ko‘krak qismiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ibodjon Abelfazovga 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Olimpik Mobiuz” — “Aral”
Proliga chempionatining 7-turi doirasidagi “Olimpik Mobiuz” — “Aral” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Aral” jamoasi futbolchisi Boburbek Farhadov o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzib, o‘yin to‘xtab turgan paytda raqib jamoa futbolchisi oyog‘ini qasddan bosganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Boburbek Farhadovga (Aral) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Lokomotiv” — “Olimpik Mobiuz”
Pro liga chempionatining 4-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 20-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Samvel Babayan hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Muxriddin Zoirovga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga
“Do‘stlik” — “Lokomotiv BFK”
Birinchi liga chempionatining 5-turi doirasidagi “Do‘stlik” — “Lokomotiv BFK” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Do‘stlik” futbolchisi Adhamjon Bahodirov yordamchi hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Adhamjon Bahodirovga 3 ta o‘yinga chetlashtirish choralari qo‘llanildi.
“Lokomotiv BFK” — “Navbahor-farm”
Birinchi liga chempionatining 4-turi doirasidagi “Lokomotiv BFK” — “Navbahor-farm” uchrashuvining 34-daqiqasida “Navbahor-farm” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ne’matjonov o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzgan, to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisini yuziga tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Kamronbek Ne’matjonovga (Navbahor-farm) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf-farm” — “Buxoro Akademiya”
Birinchi liga chempionatining 4-turi doirasidagi “Nasaf-farm” — “Buxoro Akademiya” uchrashuvining 6-daqiqasida “Nasaf-farm” jamoasi futbolchisi Sanjar Uralov o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzgan, to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisini oyog‘ini bosgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sanjar Uralovga (Nasaf-farm) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Oqtepa” — “Bunyodkor-farm”
Birinchi liga chempionatining 4-turi doirasidagi “Oqtepa” — “Bunyodkor-farm” uchrashuvida, “Birinchi liga reglamenti”ning 13.15-bandida belgilangan talabga muvofiq, mezbon klub uchrashuvdan so‘ng 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga raqamli formatdagi videoyozuvni taqdim etishi shart bo‘lgani holda, “Oqtepa” jamoasi ushbu videoyozuvni taqdim etmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Oqtepa” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Kattaqo‘rg‘on” — “Qumqo‘rg‘on”
Birinchi liga chempionatining 4-turi doirasidagi “Kattaqo‘rg‘on” — “Qumqo‘rg‘on” uchrashuvida “Birinchi liga reglamenti”ning 13.15-bandida belgilangan talabga muvofiq, mezbon klub o‘yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart bo‘lsa-da, “Kattaqo‘rg‘on” jamoasi ushbu videoyozuvni taqdim etmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Kattaqo‘rg‘on” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Jizzax FA” — “Toshkent VFA”
Birinchi liga chempionatining 4-turi doirasidagi “Jizzax FA” — “Toshkent VFA” uchrashuvida “Birinchi liga reglamenti”ning 13.15-bandida, mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub o‘yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart bo‘lsa-da, uchrashuvdan so’ng “Jizzax FA” jamoasi uchrashuv video yozuvini taqdim etmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Jizzax FA” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Zamin” — “Oqtepa”
Birinchi liga chempionatining 5-turi doirasidagi “Zamin” — “Oqtepa” uchrashuvida “Birinchi liga reglamenti”ning 13.1-bandida futbol jamoasi reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblangan, bo‘lsa-da, uchrashuv davomida o‘yinga aloqasi bo‘lmagan litsenziyasiz odamlar harakatlangani va “Zamin” futbol klubi tomonidan uchrashuvda jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizligi lozim darajada ta’minlanmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Zamin” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionati
OKMK U21 — “Neftchi U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi OKMK U21 — “Neftchi U21” uchrashuvining 85-daqiqasida “Neftchi U21” futbolchisi Muhammadziyo Adhamjonov o‘yin qoidasini jiddiy buzgani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadziyo Adhamjonovga 2 ta o‘yinga chetlashtirish choralari qo‘llanildi.
“Bunyodkor U21” — “Navbahor U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 87-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi shifokori Bahodirxo‘ja G‘aniyev hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bahodirxo‘ja G‘aniyevga (Navbahor U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Buxoro U21” — “Dinamo U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 62-daqiqasida “Dinamo U21” futbolchisi Abdulahadjon Hoshimov burchak to‘pi uzatilishi vaqtida raqib o‘yinchisiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulahadjon Hoshimovga 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) jazosi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Dinamo U21” futbolchisi G‘olibjon Odilov o‘yin qoidasini jiddiy buzganligi uchun, to‘p uchun kurashda yengilgan futbolchining oyog‘iga qasddan ikki oyog‘i bilan sakragani sababli maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, G‘olibjon Odilovga 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima choralari qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona U21” — “Andijon U21”
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Andijon U21” uchrashuvining 73-daqiqasida “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Abubakir Ashurov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abubakir Ashurovga (Andijon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor U21” — “Sho‘rtan U21”
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Sho‘rtan U21” uchrashuvining 73-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Abdushukur Mahamatov simulyatsiya qilgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdushukur Mahamatovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Sho‘rtan U21” uchrashuvining 60-daqiqasida “Sho‘rtan U21” jamoasi futbolchisi Sarvar Mirzayev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sarvar Mirzayevga (Sho‘rtan U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor U21” — “Buxoro U21”
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 62-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi Asadbek Jo‘raboyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asadbek Jo‘raboyevga (Navbahor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor U21” — “Buxoro U21”
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 60-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi Sherzodbek Abdulboriyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzodbek Abdulboriyevga (Navbahor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor U21” — “Buxoro U21”
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 20-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi Mahmud Jo‘raboyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mahmud Jo‘raboyevga (Buxoro U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf U21” — “Qizilqum U21”
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 72-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Bahodir Halilov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bahodir Halilovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 74-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Diyorbek Abdunazarov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyorbek Abdunazarovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor U21” — OKMK U21
U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — OKMK U21 uchrashuvining 60-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Xumoyunshox Sayyotov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xumoyunshox Sayyotovga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm U21” — “Nasaf U21”
U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Xorazm U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Javohir Ubaydullayev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Javohir Ubaydullayevga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK U21 — “Andijon U21”
U21 chempionatining 8-turi doirasidagi OKMK U21 — “Andijon U21” uchrashuvining 81-daqiqasida “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Abduraxmon Komilov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abduraxmon Komilovga (Andijon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 8-turi doirasidagi OKMK U21 — “Andijon U21” uchrashuvining 82-daqiqasida “Andijon U21” jamoasi futbolchisi Mohirbek Komilov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mohirbek Komilovga (Andijon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum U21” — “Navbahor U21”
U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Qizilqum U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 58-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi Sherzod G‘ulomjanov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzod G‘ulomjanovga (Navbahor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi U21” — “So‘g‘diyona U21”
U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 71-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Shoxruxbek Yoqubjonov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shoxruxbek Yoqubjonovga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 53-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi Abdulatif Kudratov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulatif Kudratovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon U21” — “So‘g‘diyona U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Surxon U21” — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi Ali Jo‘ramurodov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ali Jo‘ramurodovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912 U21” — “Nasaf U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912 U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 76-daqiqasida “Nasaf U21” futbolchisi Samandar Toirov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samandar Toirovga (“Nasaf U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912 U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Qo‘qon-1912 U21” futbolchisi Abdulla Sobirov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulla Sobirovga (“Qo‘qon-1912 U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon U21” — “Neftchi U21”
U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Neftchi U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Andijon U21” futbolchisi Asatilla G’ayratillayev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asatilla G’ayratillayevga (“Andijon U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor U21” — “Xorazm U21”
U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Xorazm U21” uchrashuvining 28-daqiqasida “Xorazm U21” futbolchisi Ravshonbek Sultonov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ravshonbek Sultonovga (“Xorazm U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “Navbahor U21” — “Xorazm U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Xorazm U21” futbolchisi Danila Yejov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Danila Yejovga (“Xorazm U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro U21” — “Dinamo U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 28-daqiqasida “Dinamo U21” futbolchisi Oybek Xamroqulov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oybek Xamroqulovga (“Dinamo U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 52-daqiqasida “Dinamo U21” futbolchisi Vohidjon Oqbo‘tayev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Vohidjon Oqbo‘tayevga (“Dinamo U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 56-daqiqasida “Buxoro U21” futbolchisi Albert Nurullayev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Albert Nurullayevga (“Buxoro U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor U21” — “Navbahor U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Bunyodkor U21” futbolchisi Boburbek Yorbekov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Boburbek Yorbekovga (“Bunyodkor U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Navbahor U21” futbolchisi Ozodbek Marupov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ozodbek Marupovga (“Navbahor U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK U21 — “Neftchi U21”
U21 chempionatining 10-turi doirasidagi OKMK U21 — “Neftchi U21” uchrashuvining 58-daqiqasida “Neftchi U21” futbolchisi Shoxruxbek Yoqubjonov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shoxruxbek Yoqubjonovga (“Neftchi U21”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon U21” — “Surxon U21”
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Surxon U21” uchrashuvining 41-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Sarvar Abduxamidov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sarvar Abduxamidovga (Surxon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al U21” — “Bunyodkor U21”
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Mash’al U21” — “Bunyodkor U21” uchrashuvining 76-daqiqasida “Mash’al U21” jamoasi futbolchisi Murat Yermatov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murat Yermatovga (Mash’al U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Mash’al U21” — “Bunyodkor U21” uchrashuvining 26-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Ollabergan Karimov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ollabergan Karimovga (Bunyodkor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo U21” — “Qizilqum U21”
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Dinamo U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Sherzod Majidov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sherzod Majidovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon U21” — “Surxon U21”
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Surxon U21” uchrashuvining 41-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Sarvar Abduxamidov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sarvar Abduxamidovga (Surxon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor U21” — “Xorazm U21”
U21 chempionatining 11-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Xorazm U21” uchrashuvining 39-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Ulug‘bek Xoshimov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Xoshimovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U19 chempionati
“Surxon U19” — “Nasaf U19”
U19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon U19” — “Nasaf U19” uchrashuvining 31-daqiqasida “Nasaf U19” jamoasi futbolchisi Ozodbek Najmiddinov raqib jamoasi futbolchisiga nisbatan tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Ushbu uchrashuvning 87-daqiqasida Husan Ko‘paysinov raqib futbolchisni oyoq qismining himoyalanmagan qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan va undan so‘ng “Surxon U19” jamoasi murabbiyi Orif Onorov hamda “Nasaf U19” jamoasi darvozabonlar murabbiyi Akbar Xalikov o’zaro nomaqbul so’zlar ishlatib, tortishib ketishgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan, ushbu vaziyatda maydonda “Nasaf U19” jamasi futbolchisi Shohjahon Xushvaqtov raqib jamoasi futbolchisining yuz qismiga qo‘li bilan zarba beradi va unga javoban “Surxon U19” jamasi futbolchisi Og‘abek Normamatov ham zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan, futbolchilar va murabbiylar o‘zaro etika qoidalariga rioya qilmaganliklari va ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqargan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Orif Onorovga (Surxon U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Akbar Xalikovga (Nasaf U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Ozodbek Najmiddinovga (Nasaf U19) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Husan Ko‘paysinovga (Nasaf U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Shohjahon Xushvaqtovga (Nasaf U19) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Og‘abek Normamatovga (Surxon U19) nisbatan 5 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf U19” — “Qizilqum U19”
U19 chempionatining 3-turi doirasidagi “Nasaf U19” — “Qizilqum U19” uchrashuvining texnik zonasida “Nasaf U19” jamoasi bosh murabbiyi Sirojiddin Eshqobilov “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.29-bandida belgilangan dress-kod talablariga rioya qilmagani sababli jarimaga tortildi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sirojiddin Eshqobilovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Olimpik U19” — “Andijon U19”
U19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik U19” — “Andijon U19” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.17-bandida, mezbon klub va vaziyatdan kelib chiqib mehmon klub o‘yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shart bo‘lsa-da, uchrashuvdan so’ng “Olimpik U19” jamoasi uchrashuv video yozuvini taqdim etmagan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Olimpik U19” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Olimpik U19” — “Andijon U19”
U19 chempionatining 4-turi doirasidagi “Olimpik U19” — “Andijon U19” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Andijon U19” jamoasi futbolchisi Nurjigit Turg‘unaliyev hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan, holat bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nurjigit Turg‘unaliyevga (Andijon U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912 U19” — “Navbahor U19”
U19 chempionatining 3-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912 U19” — “Navbahor U19” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Navbahor U19” jamoasi futbolchisi Zulfiqor Akbarov o‘yin qoidasini jiddiy tarzda buzib, raqib jamoasi darvozabonini qo‘li bilan urganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zulfiqor Akbarovga (Navbahor U19) nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Farg‘ona DU U19” — “Neftchi U19”
U19 chempionatining 3-turi doirasidagi “Farg‘ona DU U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 27-daqiqasida “Farg‘ona DU U19” jamoasi futbolchisi Asadbek Rahmonjonov hamda “Neftchi U19” jamoasi futbolchisi Nurmuhammad Abdug‘aniyevlar zo’ravon xatti-harakati, o’zaro janjallashib ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Asadbek Rahmonjonovga (Farg‘ona DU U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
U19 chempionatining 3-turi doirasidagi “Farg‘ona DU U19” — “Neftchi U19” uchrashuvining 27-daqiqasida “Farg‘ona DU U19” jamoasi futbolchisi Asadbek Rahmonjonov hamda “Neftchi U19” jamoasi futbolchisi Nurmuhammad Abdug‘aniyevlar zo’ravon xatti-harakati, o’zaro janjallashib ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nurmuhammad Abdug‘aniyevga (Neftchi U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona U19” — “Mash’al U19”
U19 chempionatining 5-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U19” — “Mash’al U19” uchrashuvining 89-daqiqasida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan “Mash’al U19” jamoasi futbolchisi Chingiz Choriyev hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka olgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Chingiz Choriyevga (Mash’al U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum U19” — “Buxoro U19”
U19 chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum U19” — “Buxoro U19” uchrashuvining 66-daqiqasida “Buxoro U19” jamoasi futbolchisi Bekzod Xomidov hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bekzod Xomidovga (“Buxoro U19”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Futbol maktablari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi (U-17)
“Navoiy FM” – “Toshkent shahar FM”
2008-yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida Futbol maktablari O‘zbekiston kubogi (U17) doirasidagi “Navoiy FM” – “Toshkent shahar FM” uchrashuvidan so‘ng “Toshkent shahar FM” jamoasi futbolchisi Xusanshox Maxmudov hakamlar oldiga kelib ularni haqorat qilgan. Shundan so‘ng, uning bir qator jamoadoshlari hakamlar guruhini qurshovga olib zo‘ravonlik bilan uchrashuv hakamlarini do‘pposlagan, ushbu xarakatlarda quyidagi futbolchilar ishtirok etgan: Diyorbek Abdurahmonov, Diyor Jumayev, Ulug’bek G’ayratov, Diyor Ibragimov va Shoxjahon Abduhalilov.
Shuningdek jamoa bosh murabbiyi Shuxrat Igamberdiyev va yordamchi murabbiy Ruslan Yeremeyevlar ham uchrashuv davomida hakamlar jamoasini nomaqbul so‘zlar bilan haqoratlab, yuqoridagi holat yuz berishining oldini olishmagan, bundan tashqari o‘z futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan tartibsizlikka bepisand munosabatda bo‘lishgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, mazkur holat atroflicha muhokama qilinib, Toshkent shahar futbol maktabi rahbariga jamoa bosh murabbiyi Shuxrat Igamberdiyev va yordamchi murabbiy Ruslan Yeremeyevga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!