Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Andijon” — “Surxon” / “Andijon” — “Dinamo”
O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvi davomida muxlislar tomonidan har xil jismlar va yelim idishlar maydonga uloqtirilgan holatlar qayd etilgan.
Shuningdek, Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo” uchrashuvi davomida muxlislar tartibsizliklar kelitirib chiqarib, maydonga turli xil jismlar uloqtirishgan va o’yinning 88-daqiqasida muxlislar uloqtirgan jism yordamchi hakamning boshiga tegib, unga tan jarohati yetkazgani qayd etilgan.
O‘zaro muhokamalardan so‘ng “Andijon” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo‘yish hamda jarima intizom choralarini qo‘llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Andijon” klubining uy uchrashuvini to‘liq tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish berilishi belgilandi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida “Bobur arena” stadionining 1, 1A, 2, 3, 4, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 30, 31, 32-sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yildi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Sho‘rtan”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Sho‘rtan” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi o‘yinni tashkil etishda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, jumladan klub matbuot xizmati sust faoliyat olib borayotgani fotograflar uchun ajratilgan hududda tegishli akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan begona shaxslar aniqlangan hamda ularning ayrimlarida boshqa musobaqalar uchun berilgan akkreditatsiyalar, shuningdek, Ligaga umuman aloqasi bo‘lmagan boshqa turdagi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan. Qo‘shimchasiga, texnik hududda tegishli ruxsatnomasiz bir qator shaxslar bemalol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, xavfsizlik ofitseri bu masalani tartibga solmagan, tibbiyot zambili uchun belgilangan xodimlarning yetarli darajada bo‘lmagani kabi kamchiliklar aniqlangan.
Shuningdek, klub nomidan biror bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi belgilangan bo‘lsa-da, stadionga tashrif buyurgan muxlislar mezbon “Navbahor lochinlari” jamoasi vakillari golni nishonlayotgan vaqtda maydonga turli jismlar, suv to‘ldirilgan idishlar, toshlar, qattiq jismlar, mobil telefon quvvatlagichlari uloqtirishgan, otilgan jismlar “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisiga tan jarohat yetkazganligi qayd etilgan.
O‘zaro muhokamalardan so‘ng “Navbahor lochinlari” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo‘yish hamda jarima intizom choralarini qo‘llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Navbahor lochinlari” klubining uy uchrashuvini to‘liq tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish berilishi belgilandi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida stadionning 2, 3, 20, 21, CIP sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarga tomoshabinlarni kirishiga taqiq qo‘yildi hamda “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvidan so‘ng “Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiyi Mixail Smirnov hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mixail Smirnovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Surxon” — “Qo‘qon-1912”
Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 52-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Xusniddin G‘ofurov raqib jamoa futbolchisi tirsagi bilan zarba berib, tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xusniddin G‘ofurovga (Qo‘qon-1912) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 80-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Muhammadanas Xasanov raqib jamoa futbolchisining oyoq qismini bosganligi uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadanas Xasanovga (Qo‘qon-1912) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Bunyodkor” — “Qizilqum”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 76-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov raqib jamoa futbolchisini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Temurxo‘ja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Nasaf” — “Surxon”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf” — “Surxon” uchrashuvining 61-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Oybek Bozorov to‘p yo‘q vaziyatda raqib jamoa futbolchisining bosh qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oybek Bozorovga (Nasaf) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Qizilqum” — “Qo‘qon-1912”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 40-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Iqboljon Malikjonov oyog‘i bilan raqib jamoa o‘yinchisining oyog‘iga tajovuzkorona zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Iqboljon Malikjonovga (Qo‘qon-1912) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
OKMK — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe o‘z texnik zonasida turib hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ehsoni Panshanbega (So‘g‘diyona) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo‘lsa-da, “So‘g‘diyona” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishdagi ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, xavfsizlik choralariga amal qilinmaganligi, uchrashuvning 80-daqiqasida tribunadan ikki muxlis tushib kelib, uchrashuvni maydonga yaqin joydan tomosha qilganligi, litsenziyasiz shaxslarning texnik zonada yurganligi, uchrashuvdan so‘ng ham ikki muxlisning maydonga yugurib tushishi, zambil va zambil ko‘taruvchi xodimlarning yetarli darajada emasligi, zambil ko‘taruvchi xodimlar uchun o‘rindiqlar taqdim etilmaganligi va stadionda internet uchrashuvdan keyin ishlamaganligi kabi kamchiliklar aniqlanganligi qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “So‘g‘diyona” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan” — “Mash’al”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Mash’al” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Murodxo‘ja Jabborov to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Murodxo‘ja Jabborovga (Sho‘rtan) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Dinamo” — “So‘g‘diyona” uchrashuviga tez tibbiy yordam mashinasi o‘yin boshlanish vaqtidan o‘n ikki daqiqa kech kelganligi va uchrashuv kech boshlanganligi qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi” — “Paxtakor” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandiga asosan “Neftchi” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, uchrashuv davomida Liga komissari uchun ajratilgan xona va darvozalar ortida joylashgan fotograflar uchun ajratilgan maxsus hududda Wi-Fi internet tarmog‘i ishlamagani hamda uchrashuv avvalida jamoaviy suratga tushish uchun foydalaniladigan “Artel” brendi aks etgan maxsus konstruksiyaning 2024-yilgi mavsumdagisi maydonga olib chiqilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Neftchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo‘lsa-da, stadionning kirish eshigi xavfsizligi xodimlariga rasmiylar va jamoa vakillari mashinalar ro‘yxati berilganiga qaramasdan, uchrashuv rasmiylari mashinasi 15 daqiqa noma’lum sababga ko’ra kiritilmagani qayd etilgan. Mazkur holat bo‘yicha “Surxon” klubi ushbu amaliyotni lozim darajada tashkil qilmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Dinamo” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovich (So‘g‘diyona)ga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Nasaf”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf” uchrashuvining 61-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Sardor Qulmatov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Qulmatovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi” — “Paxtakor” uchrashuvining 15-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Umar Adhamzoda hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Umar Adhamzodaga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor” — “Qizilqum”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 76-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Nikoloz Mali hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nikoloz Maliga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 62-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Nikola Kumburovich o’yin vaqtini cho’zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nikola Kumburovichga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Gilyerme Aleksander Machada Gedesh atayin vaqt cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Gilyerme Aleksander Machada Gedeshga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 62-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ikrom Aliboyev hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ikrom Aliboyevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon” — “Qo‘qon-1912”
Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Beshimov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Beshimovga (Qo‘qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Nasaf”
Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo‘lsa-da, “Buxoro” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, tez tibbiy yordam mashinasining kech kelishi oqibatida uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangani, Mikst zonani o‘rab turadigan to‘siqlarning yo‘qligi, ball-boylar uchun stullar taqdim etilmaganligi, stadion zambil va zambil ko‘taruvchilar bilan ta’minlamaganligi, uchrashuv komissari xonasida internet ishlamaganligi kabi holatlar qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Buxoro klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
O‘zbekiston kubogi
“Qiziriq” — “Ishtixon”
O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Qiziriq” — “Ishtixon” uchrashuvining 52-daqiqasida “Ishtixon” jamoasi futbolchisi Akbar Siddiqov to‘p uchun kurash vaqtida jiddiy qo‘pollik ishlatib, raqib jamoasi futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan joyiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akbar Siddiqovga (Ishtixon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”
O’zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 60-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p uchun kurashda raqib jamoa darvozabonini qo‘li bilan urgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga (Neftchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Proliga
“Olimpik” — “Lokomotiv”
Proliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 52-daqiqasida “Olimpik” jamoasi futbolchisi Abubakir Rejabboyev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abubakir Rejabboyevga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Proliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Olimpik” jamoasi futbolchisi Jaloliddin Sodiqov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jaloliddin Sodiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Jayxun” — “Olimpik”
Proliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Jayxun” — “Olimpik” uchrashuvining 69-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Baxtiyar Arazov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Baxtiyar Arazovga (Jayxun) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Aral” — “Farg‘ona DU”
Proliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Farg‘ona DU” uchrashuvining 38-daqiqasida “Farg‘ona DU” jamoasi futbolchisi Ibodjon Abelfazov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ibodjon Abelfazovga (Farg‘ona DU) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Proliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Farg‘ona DU” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Farg‘ona DU” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lebedev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sergey Lebedevga (Farg‘ona DU) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga
“Toshkent viloyati FA” — “Zamin”
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Toshkent viloyat FA” — “Zamin” uchrashuvining 33-daqiqasida “Zamin” jamoasi futbolchisi Alisher Mo‘minov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olganidan so‘ng, hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alisher Mo‘minovga (Zamin) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Toshkent viloyat FA” — “Zamin” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Zamin” jamoasi futbolchisi Diyorbek Tairov raqib futbolchisini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgan va “Toshkent viloyat FA” jamoasi futbolchisi Nozim Ahmadov raqib futbolchisi haqoratiga javoban futbolchini nomaqbul so‘zlar bilan javob qaytargani uchun maydondan chetlatilgan.
Diyorbek Tairovga (Zamin) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Nozim Ahmadovga (Toshkent viloyat FA) nisbatan esa 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Toshkent viloyat FA” — “Zamin” uchrashuvi tugagandan so‘ng “Zamin” jamoasi murabbiyi Jahongir Usmonov yordamchi hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jahongir Usmonovga (Zamin) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Kattaqo‘rg‘on” — “Lochin”
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Kattaqo‘rg‘on” — “Lochin” uchrashuvining 58-daqiqasida “Kattaqo‘rg‘on” jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Aliyev hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ravshan Aliyevga (Kattaqo‘rg‘on) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm FA” — “Qiziriq”
Birinchi liga chempionatining 1-turi doirasidagi “Xorazm FA” — “Qiziriq” uchrashuvining 30-daqiqasida “Xorazm FA” jamoasi futbolchisi Qo‘shnazar Qo‘shnazarov raqib jamoa o‘yinchisini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgan, va unga javoban “Qiziriq” jamoasi futbolchisi Nizomjon Norov raqib jamoa o‘yinchisiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Qo‘shnazar Qo‘shnazarovga (Xorazm FA) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Nizomjon Norovga (Qiziriq) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro DU” — “Navoiy FA”
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Buxoro DU” — “Navoiy FA” uchrashuvining 55-daqiqasida “Buxoro DU” jamoasi futbolchisi Behruz To‘rayev to‘p uchun kurashdan so‘ng raqib futbolchisining bosh qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Behruz To‘rayevga (Buxoro DU) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sementchi” — “Paxtakor farm”
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Sementchi” — “Paxtakor farm” uchrashuvining 52-daqiqasida “Sementchi” jamoasi futbolchisi Lazizxon Mo‘ydinov raqib futbolchisini yuz qismiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lazizxon Mo‘ydinovga (Sementchi) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Sementchi” — “Paxtakor farm” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor farm” jamoasi futbolchisi Mirsolih Fatxullayev qo‘li bilan raqib futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirsolih Fatxullayevga (Paxtakor farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanilsin.
U21 chempionati
“Buxoro U21” — “Nasaf U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 5-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi murabbiyi Suxrob Ne’matov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olganidan so‘ng, hakamni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Suxrob Ne’matovga (Buxoro U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi U21” — “Navbahor lochinlari U21”
U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “Navbahor lochinlari U21” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.11-bandida, uchrashuv qaydnomasidan Liga litsenziyasiga ega bo‘lgan 9 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi uchun ruxsat etilishi hamda mazkur Reglamentning 16.10-bandida klub rasmiylari orasida Liga ro‘yxatidan o‘tgan klub shifokorining bo‘lishi shart ekani belgilangan bo‘lsa-da, “Neftchi U21” jamoasi uchrashuv qaydnomasiga shifokor kirgizmaganligi qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Neftchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon U21” — “Navbahor lochinlari U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Navbahor lochinlari U21” uchrashuvining 83-daqiqasida “Navbahor lochinlari U21” jamoasi futbolchisi Dilshodbek Abdulxayev hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilshodbek Abdulxayevga (Navbahor lochinlari U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912 U21” — “Buxoro U21”
U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912 U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 25-daqiqasida “Buxoro U21” jamoasi futbolchisi Temirbek Boltayev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Temirbek Boltayevga (Buxoro U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor U21” — “Andijon U21”
U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Andijon U21” uchrashuvining 75-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Abdushukur Maxamatov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdushukur Maxamatovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Nasaf U21” — “Surxon U21”
U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Surxon U21” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Kamronbek Yusupov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Kamronbek Yusupovga (Surxon U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Qizilqum U21” — “Qo‘qon-1912 U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum U21” — “Qo‘qon-1912 U21” uchrashuvining 71-daqiqasida “Qo‘qon-1912 U21” jamoasi futbolchisi Saidislombek Pahlavonov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Saidislombek Pahlavonovga (Qo‘qon-1912 U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum U21” — “Qo‘qon-1912 U21” uchrashuvining 71-daqiqasida “Qo‘qon-1912 U21” jamoasi futbolchisi Mirjavlonbek Abdullayev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirjavlonbek Abdullayevga (Qo‘qon-1912 U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi U21” — “Paxtakor U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 85-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi futbolchisi Nodirbek Karimov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirbek Karimovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan U21” — “Mash’al U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Sho‘rtan U21” — “Mash’al U21” uchrashuvining 40-daqiqasida “Sho‘rtan U21” jamoasi futbolchisi Azizbek Rajabboqiyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Rajabboqiyevga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Sho‘rtan U21” — “Mash’al U21” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Mash’al U21” jamoasi futbolchisi Eshonxon Jaxbarov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Eshonxon Jaxbarovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Sho‘rtan U21” — “Mash’al U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Sho‘rtan U21” — “Mash’al U21” uchrashuvining 62-daqiqasida “Mash’al U21” jamoasi futbolchisi Abdullatif Abdallah Maga hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdullatif Abdallah Magaga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro U21” — “Nasaf U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 83-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi Behruz Haydarov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Behruz Haydarovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona U21” — “Paxtakor U21”
U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi bosh murabbiyi Karvalyo Lopes hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Karvalyo Lopesga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona U21” — “Paxtakor U21”
U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Rasul Mamatov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rasul Mamatovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari U21” — “Sho‘rtan U21”
U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U21” — “Sho‘rtan U21” uchrashuvining 58-daqiqasida “Sho‘rtan U21” jamoasi futbolchisi Og‘abek Asadov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Og‘abek Asadovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U21” — “Sho‘rtan U21” uchrashuvining 60-daqiqasida “Sho‘rtan U21” jamoasi futbolchisi Fazliddin Karomatov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fazliddin Karomatovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK U21 — “So‘g‘diyona U21”
U21 chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK U21 — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 90-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Behruz Islamov atayin vaqt cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Behruz Islamovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 4-turi doirasidagi OKMK U21 — “Dinamo U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida OKMK U21 jamoasi bosh murabbiyi A’zam Sherg‘oziyev hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, A’zam Sherg‘oziyevga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Neftchi U21” — “Navbahor U21”
U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 58-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi Ozodbek Marupov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ozodbek Marupovga (Navbahor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 75-daqiqasida “Neftchi U21” jamoasi murabbiyi G‘ayrat Xasanov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, G‘ayrat Xasanovga (Neftchi U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U19 chempionati
“Dinamo U19” — “Qizilqum U19”
U19 chempionatining 1-turi doirasidagi “Dinamo U19” — “Qizilqum U19” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Dinamo U19” jamoasi futbolchisi Islom Xoldorov qo‘li bilan raqib futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islom Xoldorovga (Dinamo U19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Ayollar Oliy ligasi
“So‘g‘diyona-W” — “Surxon-W”
Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 4-turi doirasidagi “So‘g‘diyona-W” — “Surxon-W” uchrashuvining 81-daqiqasida “So‘g‘diyona-W” jamoasi futbolchisi Kumushoy G‘ulomova hakam sha’niga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Kumushoy G‘ulomovaga (So‘g‘diyona-W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona-W” — “Lokomotiv-W”
Ayollar oliy liga musobaqasining 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona-W” — “Lokomotiv-W” uchrashuvining 55-daqiqasida ikki jamoa futbolchilarining o‘zaro kelishmovchiligi sabab jamoalar futbolchilari katta tartibsizlik keltirib chiqargani va futbolchilarning harakatlari sportchilarga xos bo‘lmaganligi qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “So‘g‘diyona” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, “Lokomotiv” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Ayollar Birinchi ligasi
“Sho‘rtan-W” — “Dinamo-W”
2025-yilning 10-aprel kuni Ayollar Birinchi ligasi musobaqasi doirasidagi “Sho‘rtan-W” — “Dinamo-W” uchrashuvining 32-daqiqasida “Dinamo-W” jamoasi futbolchisi Nigina Jamolova burchak zarbasi oldidan raqib jamoasi futbolchisiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nigina Jamolovaga (Dinamo-W) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!