Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Bunyodkor” — “Lokomotiv”

Oʻzbekiston Superligasining 8-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Lokomotiv” uchrashuvining 90+7-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Suhrob Sultonov toʻp uchun kurashish vaqtida qoʻl qismi bilan raqib oʻyinchisining bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Suhrob Sultonovga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Lokomotiv” — “Surxon”

9-tur doirasidagi “Lokomotiv” — “Surxon” uchrashuvining 55-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Ulugʻbek Hoshimov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Oʻyinning 90+3-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Abubakr Rizo Turdaliyev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ulugʻbek Hoshimovga (Surxon) va Abubakr Rizo Turdaliyevga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Neftchi” — OKMK

Chempionatning 9-turi doirasidagi “Neftchi” — OKMK uchrashuvi 54-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Xurshid Gʻiyosov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xurshid Gʻiyosovga (OKMK) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Jaloliddinovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

90+10-daqiqada esa “Neftchi” futbolchisi Sanjar Qodirqulov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sanjar Qodirqulovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Paxtakor” — “Qizilqum”

Superliganing 9-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 56-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Sardor Sobirxoʻjayev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sardor Sobirxoʻjayevga (Paxtakor) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

56-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi Dragan Cheran bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dragan Cheranga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunlangandan soʻng, “Paxtakor” klubi rasmiy shaxslari bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatishgan, bu esa tartibsizliklar olib kelgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Nasaf” — “Dinamo”

Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Nasaf” — “Dinamo” uchrashuvining 12-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Gʻolib Gʻaybullayev toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Gʻolib Gʻaybullayevga (Nasaf) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Soʻgʻdiyona” — “Bunyodkor”

9-tur doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Bunyodkor” uchrashuvining 70-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbolchisi Xondamir Mustafaqulov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xondamir Mustafaqulovga (Soʻgʻdiyona) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Dinamo plyus” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qizilqum” uchrashuvining 23-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Salim Mustofoyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Salim Mustofoyevga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Surxon” — “Soʻgʻdiyona”

Superliga 10-turi doirasidagi “Surxon” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan, uchrashuv yakunlangandan soʻng bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgani hamda chetlashtirilgandan soʻng, provokatsion harakat qilib oʻzini agressiv tutganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ivan Boshkovichga (Soʻgʻdiyona) nisbatan nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Jahongir Abdusalomov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jahongir Abdusalomovga (Surxon) nisbatan nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Navbahor lochinlari” — “Olimpik”

“Olimpik” futbol klubi tomonidan 2024-yilning 30-may kuni Superliganing 10-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Olimpik” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi A. Boʻriyevga uchrushuv bosh haqami tomonidan berilgan 2-sariq kartochkani bekor qilish soʻralgan.

Abdurauf Boʻriyevga koʻrsatilgan ikkinchi sariq kartochka, qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

 

Proliga

“Mashʼal” — “Olimpik Mobi-Uz”

Proliganing 10-turi doirasidagi “Mashʼal” — “Olimpik Mobi-Uz” uchrashuvi 41-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Javohir Abdualimov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Abdualimovga (Mashʼal) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Oʻyinning 58-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Joʻrayev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shaxboz Joʻrayevga (Mashʼal) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 69-daqiqasida “Olimpik Mobi-Uz” futbol klubi futbolchisi Rustambek Fomin bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Rustambek Fominga (Olimpik Mobi-Uz) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

74-daqiqada “Olimpik Mobi-Uz” futbolchisi Murodjon Komilov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Murodjon Komilovga (Olimpik Mobi-Uz) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Shoʻrtan” — “Mashʼal”

Proliga musobaqasining 11-turi doirasidagi “Shoʻrtan” — “Mashʼal” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga koʻra, uchrashuvning 77-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Xumoyun Murtozayev oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xumoyun Murtozayevga (Mashʼal) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Muhammad Yoʻldoshev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda qoʻli bilan raqib oʻyinchisi yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Muhammad Yoʻldoshevga (Mashʼal) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+8-daqiqasida “Shoʻrtan” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Nuritdinov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqib jamoa futbolchilari shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shaxboz Nuritdinovga (Shoʻrtan) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Joʻrayev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda qoʻli bilan raqib oʻyinchisiga qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shaxboz Joʻrayevga (Mashʼal) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Olimpik Mobi-Uz” — “Aral”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Olimpik Mobi-Uz” — “Aral” uchrashuvining 90+4 daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Javohir Oʻtamurodov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Oʻtamurodovga (Aral) nisbatan jarima intizom choralaci qoʻllanildi.

 

“Doʻstlik Toshkent” — “Shoʻrtan

Proliganing 10-turi doirasidagi “Doʻstlik Toshkent” — “Shoʻrtan” uchrashuvi 56-daqiqasida “Doʻstlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Asliddin Tursunpoʻlatov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asliddin Tursunpoʻlatovga (Doʻstlik Toshkent) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Xorazm” — “Buxoro”

Proliganing 10-turi doirasidagi “Xorazm” — “Buxoro” uchrashuvining 77-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Abror Xusinov toʻpsiz vaziyatda qoʻli bilan raqib oʻyinchisiga bel qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abror Xusinovga (Xorazm) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Oʻyinning 90+5-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shirinboy Abdullayev vaqtni atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Shirinboy Abdullayevga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Qoʻqon-1912” — “Aral”

Proliganing 10-turi doirasidagi “Qoʻqon-1912” — “Aral uchrashuvining 79-daqiqasida “Aral” bosh direktori Azamat Allaniyazov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Azamat Allaniyazovga (Aral) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida “Aral” futbol klubi yordamchi murabbiyi Nigmatulla Kutiboyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Nigmatulla Kutiboyevga (Aral) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, “Aral” murabbiyi Aybek Nurbayev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Aybek Nurbayevga (Aral) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Bundan tashqari, “Aral” futbol klubi tomonidan “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.22-bandini buzgan, yani uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan shaxs hamda zaxira futbolchilari texnik zonada maxsus ajratilgan joyda boʻlishi shart deb belgilangan boʻlsada, “Aral” futbol klubi matbuot kotibi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan lekin mazkur uchrashuvda kelmagan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Aral” futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

Birinchi liga

“Bunyodkor farm” — “Sementchi”

Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Sementchi” uchrashuvining 55-daqiqasida “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mirkamol Annamatovga (Bunyodkor farm) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Zomin” — “Xorazm FA”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Zomin” — “Xorazm FA” uchrashuvining 70-daqiqasida “Xorazm FA” jamoasi futbolchisi Jamshid Zaripboyev toʻp uchun kurashish vaqtida tirsak bilan raqib oʻyinchisining bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jamshid Zaripboyevga (Xorazm FA) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

 

U-21 chempionaati

“Dinamo U21” — “Paxtakor U21”

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Dinamo U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Dinamo U21” futbolchisi Vohidjon Oqboʻtayev toʻpsiz vaziyatda qoʻli bilan raqib oʻyinchisiga kurak va yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vohidjon Oqboʻtayevga (Dinamo) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Dinamo plyus U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Dinamo plyus U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 56-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Xumoyunshox Sayyotov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xumoyunshox Sayyotovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida “Dinamo plyus U21” jamoasi futbolchisi Oybek Xamroqulov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Oybek Xamroqulovga (Dinamo plyus U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Bunyodkor U21” — “Neftchi U21”

Uchrashuvning 63-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Xumoyun Bozorboyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Xumoyun Bozorboyevga (Bunyodkor U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

OKMK U21 — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 10-turi doirasidagi OKMK U21 — “Metallurg U21” uchrashuvining 84-daqiqasida “Metallurg U21” jamoasi futbolchisi Alisher Xayrullayev raqib jamoa futbolchisi shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Xayrullayevga (Metallurg U21) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Metallurg U21” jamoasi yordamchi murabbiyi Zohid Abdullayev bosh hakam shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Zohid Abdullayevga (Metallurg U21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Navbahor U21” — “Olimpik U21”

Uchrashuvning 51-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Abdulvosid Mahmudov toʻp uchun kurashish vaqtida oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulvosid Mahmudovga (Olimpik U21) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Abdulboriy Marifjonov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulboriy Marifjonovga (Olimpik U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

90+3-daqiqada esa “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Oybek Oʻrmonjonov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Oybek Oʻrmonjonovga (Olimpik U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Bunyodkor U21” — “Lokomotiv U21

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Lokomotiv U21 uchrashuvi 13-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Umidbek Sultonov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Umidbek Sultonovga (Bunyodkor U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Neftchi U21” — OKMK U21

9-tur doirasidagi “Neftchi U21” — OKMK U21uchrashuvining 32-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Eldor Begimov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eldor Begimovga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21”

“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvi 56-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Abdushukur Maxamatov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdushukur Maxamatovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Elshod Toʻxtayev bosh hakam shaniga xaqoratli soʻzlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Elshod Toʻxtayevga nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

 

“Soʻgʻdiyona U21” — “Bunyodkor U21”

U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona U21” — “Bunyodkor U21” uchrashuvi yakunlangandan soʻng, “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Ollabergan Karimov qoʻl qismi bilan raqib oʻyinchisiga yuz qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ollabergan Karimovga (Bunyodkor U21) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, “Soʻgʻdiyona U21” futbolchisi Javlon Abduvaxobov raqib jamoa futbolchisi shaʼniga xaqoratli soʻzlar ishlatgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javlon Abduvaxobovga (Soʻgʻdiyona U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

 

U19 chempionati

“Doʻstlik Toshkent U19” — “Qoʻqon-1912 U19”

U19 chempionatining 7-turi doirasidagi “Doʻstlik Toshkent U19” — “Qoʻqon-1912 U19” uchrashuvi 90+3-daqiqasida “Qoʻqon-1912 U19” jamoasi futbolchisi Lazizxon Erkinov oyoq qismi bilan raqib oʻyinchisini orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Lazizxon Erkinovga (Qoʻqon-1912 U19) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom choralari qoʻllanildi.

 

Ayollar Oliy ligasi

“Neftchi W” — “Sevinch”

Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Neftchi W” — “Sevinch” uchrashuvi 51-daqiqasida daqiqasida “Sevinch” jamoasi futbolchisi Mehribon Egamberdiyeva raqib oʻyinchisi tepgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Mehribon Egamberdiyevga (Sevinch) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish chorasi qoʻllanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!