Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi tur doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuv intizomiy ishi koʻrib chiqildi.

Superliga.  “Qizilqum” — “Andijon”

“Andijon” futbol klubi tomonidan 2024-yilning 15-iyun kuni Superliganing 11-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvining 24-daqiqasida “Andijon” klubi futbolchisi Ilhomjon Abdigʻaniyevga koʻrsatilgan qizil kartochkani bekor qilish soʻralgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi Ilhomjon Abdigʻaniyevga koʻrsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasining xulosasiga koʻra bekor qilinishi haqida qaror qabul qildi.