Free ebooks Library zlibrary project

Qadrli futbol muxlislari, “Sport” TVda bugundan O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2014 saralashi doirasidagi o‘yinlar namoyishi boshlanadi.

Vadim Abramov shogirdlari saralashni ikkinchi bosqichdan boshlab, unda Qirg‘iziston milliy terma jamoasini ikki o‘yinda 7:0 hisobida mag‘lub qilib, uchinchi bosqichga yo‘l olishadi.

Uchinchi bosqichda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya, Sh.Koreya va Tojikiston bilan birgalikda “C” guruhidan joy olgandi. Bugun uchinchi bosqich 2-turidan o‘rin olgan Yaponiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinni tomosha qilish imkoniga egamiz. Uchrashuv 2011-yilning 9-sentabr sanasida Toshkent shahrida joylashgan “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgandi.

Soat 22:00dan “Sport” TVda O‘zbekiston va Yaponiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qiling.