Free ebooks Library zlibrary project Играйте на 1вин и откройте мир азартных развлечений. Промокоды, бонусы и удобный вход через зеркало обеспечат вам комфортную и прибыльную игру. Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Professional futbol klublariga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish, klublarning avvalo infratuzilma va akademiyani rivojlantirishga pul yoʻnaltirishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-apreldagi “Futbol klublari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 261-sonli qaroriga muvofiq professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi OʻFA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi.

Yillik xarajatlar smetasi asosida moliyaviy mablagʻlarni ajratilishida, birinchi navbatda, futbol klublari infratuzilmasini yanada rivojlantirishga, xususan, stadion va maydon parvarishiga, bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasini hamda oʻquv-mashgʻulot qarorgohini tashkil qilinishi, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek, turli yosh toifasidagi jamoalarning musobaqalardagi ishtirokini samarali tashkil etilishiga eʼtibor qaratilishi ustuvor maqsad boʻladi.

Shu asnoda Superliga hamda Pro ligada ishtirok etadigan har bir futbol klubi 2022-yilgi xarajatlar smetasi loyihasini hozirdan ishlab chiqmoqda va OʻFAga kelishish uchun taqdim etmoqda. OʻFA va OʻzPFL vakillaridan tashkil etilgan maxsus komissiya klubning xarajatlar smetasi loyihasiga infratuzilma (stadion maysasi, projektor, kiyinish xonalari va h.k.), akademiya (oʻquv-mashgʻulot binolari mavjudligi va h.k.), ayollar va yoshlar tarkiblari (sport liboslari bilan taʼminlanishi, ovqatlanish, mashgʻulot maydonlari mavjudligi va h.k.) xarajatlari kiritilgani boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini bermoqda.

Shu yoʻsinda aksariyat klublarda ancha paytdan buyon yechim topmay kelayotgan jiddiy muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish koʻzda tutilmoqda.