Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va futbolchimiz Jaloliddin Masharipov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Srechko Katanes

— Ertangi uchrashuvda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga va yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Eldor Shomurodov biz uchun qanchalik muhim futbolchi ekanligini yaxshi bilasiz. Har qanday terma jamoa Masharipov va Shomurodov singari futbolchilarga ega bo‘lishni xohlaydi. Jamoamizda yetakchi futbolchilar ko‘p, biroq uning tajribasi bizga juda kerak edi. Murabbiy sifatida ayta olamanki, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz.

Guruhdagi har bir uchrashuv biz uchun juda muhim, ayniqsa dastlabki bahs. Biz yetakchi va yosh futbolchilarimizdan kuchli jamoa tuzishimiz shart. Barcha uchrashuvga jiddiy yondashuv bilan tayyorgarlik ko‘ramiz.

Suriyaga qarshi avval ham ikkita uchrashuv o‘tkazganman, Suriya kuchli jamoa, ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. Jamoaning kuchsiz tomonlari ham bor, ular haqida yetarli ma’lumotga egamiz. Aksariyat futbolchilari xorijlik, biz shunga e’tibor qaratishimiz kerak. Ertangi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonamiz.

Jaloliddin Masharipov

— Osiyo kubogida ishtirok etayotganimizdan juda ham xursandmiz. Barcha jamoadoshlarim turnirga tayyor, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun yurtimizdan ko‘plab vatandoshlarimiz ham tashrif buyurishgan.

Hozir bizda tartib juda kuchli, avvalgi tarkibda tajribali futbolchilar ko‘proq edi, biroq o‘yin uslubi jihatidan hozirgi jamoa, nom e’tibori bilan avvalgi jamoa kuchliroq edi.

Avvalgi Osiyo kubogining 1/8 finalida Avstraliyaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatganmiz va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edik. Hozir bizda yaxshi jamoa shakllangan, buni Jahon chempionati saralash bahslarida ham ko’rsata oldik. Munosib natija qayd etamiz, yurtimizdagi barcha futbol muxlislari biz bilan birga. Eng kamida yarim finalga qadar yetib borishimiz shart.

Terma jamoa uchrashuvida avvallari liderlar kam bo‘lgan, ular yaxshi o’yin ko‘rsata olmasa, bu jamoaga ta’sir qilardi. Hozir unday emas, jamoa yaxshi shakllangan. Hatto, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi yaxshiroq ko‘rinishi mumkin. Yoshlar jamoamizni kuchaytirishdi, bizda ikkita teng kuchli tarkib bor, deb bemalol ayta olaman

Aksariyat o‘yinchilarimiz ilk bor Osiyo kubogida qatnashyapti, biroq ularda xalqaro tajriba bor, ular Jahon chempionati saralash bahslari va Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarida qatnashgan. Biz yosh futbolchilarni doim qo’llab-quvvatlaymiz.