Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Ilk bor yurtimizda kibersport- kompьyuter sporti boʼyicha “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasi tashkil etilmoqda. Ushbu musobaqa bugungi karantin davrida xalqimizning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Esports Uzbekistan Federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Musobaqa joriy yil 14-30 aprelь kunlari boʼlib oʼtadi.

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi toʼliq onlayn rejimda oʼtkaziladi va

unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibOʻyindaBoʻling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha boʼlgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yoʼnalishda boʼladi:

  1. “FIFA20“;
  2. “Clash Royale”;
  3. “Victory The Age of Racing”

Musobaqaning umumiy sovrin jamgʼarmasi 65 000 000 soʼmni tashkil qiladi.

Yoʼnalishlar boʼyicha mukofot jamgʼarmasi quyidagicha taqsimlanadi:

“FIFA 20“ – 30 000 000 soʼm (1-5-oʼrinlar taqdirlanadi);

“Clash Royale” – 20 000 000 soʼm (1-5-oʼrinlar taqdirlanadi);

“Victory The Age of Racing” – 15 000 000 soʼm (1-5-oʼrinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8) orqali roʼyxatdan oʼtiladi.

Shoshiling, roʼyxatdan oʼtishning soʼnggi muddati esa 14 aprelь, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

– 15-22 aprel, guruh bosqich oʼyinlari;

– 23-28 aprel, pley-off bosqich oʼyinlari;

– 29 aprel, 3-oʼrin uchun bahslar;

– 30 aprel kuni esa “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasining hal qiluvchi final oʼyinlari boʼlib oʼtadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy oʼyinlar Esports Uzbekistan Federatsiyasining Youtubedagi kanali orqali toʼgʼridan-toʼgʼri translyatsiya qilinadi.

Qoʼshimcha maʼlumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti va @minsport telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va gʼolib boʼling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati