Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar akademiyalari rahbarlari va tibbiyot xodimlari, shuningdek, taniqli sport diyetologlari va turli yoshdagi jamoalarning tibbiyot xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Unda futbol tibbiyoti yoʻnalishini tizimli va sifatli rivojlantirish masalasi koʻrib chiqildi.

Yigʻilish avvalida Ravshan Ermatov barchani davlatimiz bayrog’i qabul qilingan kun bilan tabrikladi.

Har qanday jamoaning asosini akademiya va bolalar futboli tashkil etadi. Shu sababli, bolalarning jismoniy va psixologik holati birinchi oʻrinda turiadi. Sifatli sport tibbiyoti esa natijalarga bevosita ijobiy ta’sir qiluvchi omildir. Uchrashuvda bu boradagi ayni vaqtadi holat, muammolar, ularning yechimlari haqida so’z bordi.

“Biz yillar davomida bunga yetarlicha eʼtibor bermadik. Oʻzbek futbolining kelajagi yoʻlida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, mamlakatimizning barcha akademiyalari uchun moʻljallangan yagona tibbiyot tizimini ishlab chiqish zarur, farzandlarimiz Yevropadagi tengdoshlaridan hech qanday kam boʻlmasligi, jismonan sogʻlom boʻlib yetishishlari va ruhan futbolchilik faoliyatiga tayyor boʻlishlari lozim”, — dedi Ravshan Ermatov.

Uchrashuv davomida mutasaddilarga akademiyalarda kompleks vitaminizatsiyani yoʻlga qoʻyish, musobaqalarga jismoniy tayyorgarlik koʻrish va futbolchilarning ovqatlanish jarayonini alohida nazorat ostiga olish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, OʻFA qoshida yurtimizning tibbiyot sohasida o’z yo’nalishining yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda yangi qoʻmita tashkil etilish taklifi ma’qullandi.

Futbol eng katta energiya sarflanuvchi sport turlaridan biri ekanligini inobatga olgan holda, bolalar-o’smirlar yoshidanoq toʻgʻri ovqatlanishni tashkil qilish boʻyicha zamonaviy tizim ishlab chiqilishi va mamlakat bo’ylab joriy etilishi maʼlum qilindi.

Yigʻilishda shuningdek, har bitta mutaxassis oʻz yoʻnalishi boʻyicha takliflarini bildirdi. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda bir hafta ichida seminar oʻtkazish, shuningdek, bunday seminarlar muntazam ravishda yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.