Sirdaryo viloyati hokimligida oʻzbek futbolining 110 yilligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev va OʻFA rahbariyati, oʻzbek futboli faxriylari, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida Gʻofurjon Mirzayev barchani futbolimizning 110 yilligi bilan samimiy qutladi. Shundan keyin Sirdaryoda futbol rivoji yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va boʻlajak rejalar bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv soʻngida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevga “Oʻzbekiston futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriy hamda mutasaddilarga esdalik sovgʻalari berildi.