Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoalar va musobaqa rasmiylariga tabrik yo‘lladi.

“Osiyo terma jamoalari dunyoning eng katta maydonlarida tarix yaratishda davom etishadi va ishonchim komilki, bizning ayollar va erkaklar terma jamoalarimiz hamda musobaqada ishtirok etuvchi barcha rasmiylarimiz bizning faxrli merosimizni xalqaro maydonda davom ettiradilar. Osiyo futbol oilasi men bilan birga. Futbolchilar va barcha uchrashuv rasmiylari buyuk qit’amiz bo‘ylab kelajak avlodlarni ilhomlantiradigan soniyalarni o‘tkazishlariga ishonaman”.

Parij-2024 o‘yinlarining ochilish uchrashuvida “C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs “Park de Prens” stadionida o‘tkaziladi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz, shuningdek, 27-iyul kuni Misr va 30-iyul kuni Dominikan Respublikasi bilan “hisob-kitob” qiladi.

Osiyo kubogida g‘olib bo‘lgan Yaponiya “D” guruhidan, qit’a turnirida 3-o‘rinni egallagan Iroq esa “A” guruhidan o’rin olgan

Ayollar futboli bahslarida esa Yaponiya terma jamoasi “C” guruhida  Jahon chempioni Ispaniya, shuningdek, Braziliya va Nigeriya bilan kurash olib boradi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasini mag‘lub etib, Olimpiadaga yo‘l olgan Avstraliya esa “B” guruhida Germaniya, Zambiya va AQSh jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Shu bilan birga, Yoshimi Yamashita (Yaponiya), Kim Yu-Chjon (Koreya Respublikasi), Adel Alnaqbi (BAA) hamda Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston), ayollar futboli bahslarida esa Keyt Yatsevich (Avstraliya), Sivakorn     Pu-Udom (Tailand), Xamis Al Marri (Qatar), Veronika Bernatskaya (Qirg‘iz Respublikasi) boshchiligidagi hakamlar brigadasi uchrashuvlarni boshqarib boradi.