Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

1999-2000 yilda tug’ilgan futbolchilar uchun xalqaro maydonlarda to’p surish imkoniyatini yaratish, Milliy terma jamoamizga munosib nomzod futbolchilarni yetkazib berish maqsadida O’zbekiston U22 terma jamoasi faoliyati yo’lga qo’yiladi.

Hozirda ushbu yosh toifasidagi ko’plab futbolchilar turli klublar safida O’zbekiston Superligasida ishtirok etayotganligi O’zbekiston U22 terma jamoasining tarkib topishi zarur ekanligining yana bir muhim omili hisoblanadi.

Ushbu terma jamoaga 2021-yil oktyabr oyida bo’lib o’tadigan U23 Osiyo chempionati Saralash bahslariga tayorgarlik ko’rish va unda munosib ishtirok etish vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, mazkur jamoani shakllantirishda Timur Kapadze boshchiligidagi U19 O’zbekiston terma jamoasining 2021-yilgi U20 Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimolligi ham hisobga olindi.

2022-yilgi U23 Osiyo chempionatiga yo’llanma qo’lga kiritilgan taqdirda, O’zbekiston U22 jamoasi yetakchi futbolchilari O’zbekiston U19 terma jamoasiga qo’shilgan holda O’zbekiston U23 jamoasi tuziladi.

O’zbekiston U22 terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov nomzodi ma’qullandi. Jamoa vakillari 31-avgustdan 5-sentyabrga qadar Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.

Yig’inga chaqirilgan futbolchilar ro’yxati:

F.I.SH. Tug’ilgan yili Amplua

Klub

1. Ergashev Umidjon 20.03.1999 Darvozabon “Nasaf”
2. Muxammadjonov Mashxur 21.02.1999 Darvozabon “Nasaf”
3. Isakov Аzizxon 23.12.2000 Darvozabon “Paxtakor”
4. Saitov Dilshod 02.02.1999 Himoyachi “Nasaf”
5. Salimov Аlisher 22.07.1999 Himoyachi “Paxtakor”
6. Аlikulov Xusniddin 04.04.1999 Himoyachi “Nasaf”
7. Kuybokov Nodirbek 02.08.2000 Himoyachi “So’g’diyona”
8. Yuldashev Ibroxim 05.06.1999 Himoyachi “Paxtakor”
9. Аsqarov Boburjon 09.02.1999 Himoyachi “Lokomotiv”
10. Shaydulov Bexruz 01.12.2000 Himoyachi “Surxon”
11. O’lmasaliyev Аvaz 27.03.2000 Himoyachi “Lokomotiv”
12. Namozov Muxammadali 26.10.2000 Himoyachi “Surxon”
13. Sobirjonov Аsad 03.08.2000 Yarimhimoyachi “Paxtakor”
14. Nasriddinov Daniel 08.12.1999 Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
15. Iminov Xumoyun 15.01.2000 Yarimhimoyachi “Paxtakor”
16. Mozgovoy Аkmal 02.04.1999 Yarimhimoyachi “Nasaf”
17. Izzatov Suxrob 15.02.1999 Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
18. Kenjaboyev Islom 01.09.1999 Yarimhimoyachi “Nasaf”
19. Аbdullayev Bek 11.08.1999 Yarimhimoyachi “Qo’qon-1912”
20. Аlijonov Jovoxir 28.01.2000 Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
21. Saidazimov Kamron 14.02.1999 Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
22. Аbdusalomov Jaxongir 21.05.1999 Yarimhimoyachi “Mash’al”
23. Аbduraxmanov Shoxrux 19.07.1999 Hujumchi “Dinamo”
24. Qudratullayev Maxmud 25.05.2000 Hujumchi “Metallurg”
25. Аbduxamidov Xamidullo 23.03.1999 Hujumchi “Qo’qon-1912”