Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Aziz futbol ishqibozlari, karantin davrida siz-u bizdan uyda qolib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda ulkan xissa qo’shish talab etilmoqda.

O’FA Matbuot va media bo’limi esa bu orada siz uchun qiziqarli loyihalarni taqdim etishda davom etadi.

Endilikda “Savol yo’llang!” loyihasi doirasida o’zbek futboli jamoatchiligi vakillariga o’zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo’lasiz.

Loyihaning ilk sonida O’FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov siz yo’llagan savollarning eng saralariga javob beradi.

Savollaringizni  O’FAning rasmiy Instagram sahifasida joylashtirilgan post ostida qoldirishingiz mumkin.