Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xabaringiz bor, ayni paytda koronavirus pandemiyasi sabab deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari vaqtincha toʼxtatilgan. Jumladan, mamlakatimizda ham futbol mavsumi karantin sabab vaqtincha tanaffusga chiqqan.

Lekin Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha boʼlinmalari karantin qoidalarga toʼliq rioya qilgan holda oʼz faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda.

Shu jumladan, terma jamoalar boʼlimi vakillari, turli yoshdagi terma jamoalarimiz murabbiylar shtabi ham belgilangan vazifalar boʼyicha ish olib borishyapti. Onlayn videomuloqot orqali amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Bugun OʼFA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov barcha yoshdagi terma jamoalarimiz bosh murabbiylari bilan videomuloqot oʼtkazdi. Muloqot jarayonida koronavirus sabab yuzaga kelgan ayni tanaffus, uning terma jamoalar taqvim rejasiga koʼrsatadigan taʼsiri, ushbu vaqt oraligʼida terma jamoalarga nomzod futbolchilarning sport formasini barqaror tarzda ushlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kabi masalalar batafsil muhokama etildi. Har bir terma jamoa ustozi oʼz qoʼl ostidagi jamoaga nomzod futbolchilar bilan muntazam aloqada ekani haqida maʼlumot berib, murabbiylar shtabi tomonidan futbolchilar uchun uyda bajarish lozim boʼlgan mashgʼulotlar majmuasi ishlab chiqilgani hamda oʼyinchilar uy sharoitidagi mashgʼulotlari xususida axborot berib borishayotgani taʼkidlandi.

Qolaversa, terma jamoalar boʼlimi karantin davri tugagach barcha yoshdagi terma jamoalar uchun zarur oʼyin hamda oʼquv-mashgʼulot yigʼinlari tashkil etish borasidagi ishlarni aslo toʼxtatmagani alohida qayd etildi.

Taʼkidlash lozim, bu kabi videomuloqotlar muntazam ravishda oʼtkazib boriladi.