O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Qonimda g‘alaba” loyihasini amalga oshirayotgan “Uzbekistan’s Club”ga minnatdorchilik bildiradi. Tashkilot terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yirik loyihani yakunladi.
“Uzbekistan’s Club” jamoasi, ijodkorlar, jurnalist va blogerlar, ommaviy axborot vositalari va telekanallar sa’y-harakatlari tufayli mamlakatimiz bo‘ylab va xorijda 15 milliondan ortiq tomoshabinni qamrab olgan targ‘ibot loyihasi yaratishga erishildi. 2000 dan ortiq ishtirokchilar #qonimdagalaba challenjida qatnashib, Olimpiya terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz videolarini yuborishdi. Kuni kecha eng yaxshi oʻntalik e’lon qilindi.
Shu o‘rinda barcha tashkilotchilarga, shuningdek, loyihani qo‘llab-quvvatlagan kompaniyalar — Ucell, Kapitalbank, Chevrolet Uzbekistan, Uzbekistan Airways va Yoshlar tashabbuslari markaziga alohida o‘z minnatdorchilik bildiramiz.
Chellenjda g‘olib bo‘lgan roliklarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:
ROLIK-1
ROLIK-2
ROLIK-3
ROLIK-4
ROLIK-5
ROLIK-6
ROLIK-7
ROLIK-8
ROLIK-9
ROLIK-10