Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

“Professional futbol maktablari ligasi” Oʻzbekiston chempionati tashkiliy qoʻmitasi tomonidan soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi ayrim vaziyatlar koʻrib chiqildi.

Xususan, Navoiyda davom etayotgan 2006-yilda tugʻilgan futbolchilar oʻrtasidagi musobaqaning 7-turidan oʻrin olgan Navoiy FMM va Andijon FMM jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning 69-daqiqasida Andijon FMMning 17-raqamli futbolchisi oʻz jarima maydonchasi ichida raqibining oyogʻiga zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda penalti belgilagan. Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi qoshidagi Ekspert-hakamlar markazining xulosasida referi tomonidan berilgan ushbu penalti toʻgʻri ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, Buxoro FMM va Namangan FMM oʻrtasidagi bahsning 70-daqiqasiga qadar namanganliklar 2:1 hisobida oldinda borayotgan boʻlgan. Bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan 4 daqiqa ichida Buxoro FMM jamoasi 70+2 va 70+4-daqiqalarda raqib darvozasini shubhali tarzda ishgʻol qilgan. Oʻyinning 70+3-daqiqasida esa namanganliklar bosh murabbiyi tomonidan 3 ta himoyachi almashtirilib, maydonga tushgan futbolchilar darvozabon bilan birgalikda raqib gol urayotgan vaziyatda atayin qarshilik qilmagani aniqlandi. Oʻyinning videotasmalari sinchkovlik bilan oʻrganib chiqildi, shuningdek, hakamlarning bildirishnomalarida ham ushbu vaziyatda ikkala jamoa aʼzolari ishtirok etgani tasdiqlandi. Ularning bu boradagi suhbatlari eshitilganini hakamlar qayd etib oʻtishdi.

Musobaqa tashkiliy qoʻmitasining qaroriga koʻra, Namangan va Buxoro futbol mahorati maktablarining 2006-yilda tugʻilgan futbol jamoalari sport prinsiplariga amal qilmagani uchun ular ishtirokidagi 7-tur uchrashuvining natijasi bekor qilindi va har ikkala jamoa musobaqadan chetlatildi.

Buxoro FMM jamoasi oʻrniga guruhda 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Navoiy FMM jamoasi musobaqa yarim finaliga yoʻllanma olishi belgilandi.

Mazkur holat OʻFA tegishli boʻlinmalari tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganilib, aybdorlar qatʼiy tarzda jazolanadi.

Afsuski bolalar futbolida shunga oʻxshash koʻngilsiz vaziyatlar uchrab turishi futbolimiz mavqeyiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. OʻFA tomonidan ularni tezkorlik bilan aniqlash, bartaraf etish, aybdorlarga nisbatan keskin jazo qoʻllanilishi belgilab qoʻyilgan.