Bugun, 30-iyul kuni Parij Olimpiadasidasining 3-turida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Dominakan Respublikasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida raqib jamoa a’zosi Nunyes penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
58-daqiqada Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Alisher Odilov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa Timur Kapadze boshqaruvidagi olimpiyachilarimizning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki o‘z yakuniga yetdi.