Bugun, 13-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Ushbu bahsda Timur Kapadze 24 nafar futbolchini maydonga tushirdi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 16-oktyabr kuni Misr Olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.