Bugun 6-sentyabr kuni Ispaniyaning Kadis shahrida U-17 Xalqaro o’rtoqlik turniri 2-tur uchrashuvlari o’tkazildi.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Kanadaga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Musobaqa reglamentiga ko’ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda vakillarimiz 6:5 hsobida g’alabaga erishdi. Jamoamizning gollariga Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov mualliflik qildi.
Jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 9-sentyabr kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.