Bugun 10-oktyabr kuni “Qibray” stadionida Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Saudiya Arabistoni 🇸🇦
Gollar: Ali Almakki 11’, Mashhurbek Abdusoliyev 75’.
Boshlangʻich tarkib:
1. Olim Shomurodov
2. Mashhurbek Abdusoliyev
6. Muhammad Mamatov
8. Islom Ravshanov
9. Laziz Abduraimov
10. Mirkomil Murodov
11. Suhrob Sadirjonov
13. Mirjamol Anvarov (s)
17. Jahongirmirzo Oʻktamboyev
22. Abubakir Rahimov
23. Amirxon Erkinov
Zaxiradan tushganlar: Abdunabiyev, Hayitmurodov, Orifxonov, Rahimov, Sindarov, Ravshanbekov, Qosimjonov.
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 12-oktyabr kuni Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.
