Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o’tkazadi.
Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik ko’rish maqsadida, MTJ uchun sentyabr oyida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi.
Mazkur yig’in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy terma jamoamiz Tojikiston bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazadi.
Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tishi belgilandi.