Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Eron va BAAga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlari oldidan Milliy jamoamizning oktyabr oyidagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga start berildi.

Chaqiruv olgan bir necha nafar futbolchi bugun MTJ ixtiyoriga kelib qo’shildi. Kun avvalida ular koronavirusga qon tahlili topshirdi. Tahlil natijalarga ko’ra hech bir futbolchida koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

Shundan so’ng Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz “Bunyodkor” akademiyasi maydonida mashg’ulot o’tkazdi.

Rejaga ko’ra MTJ vakillari kelasi hafta avvalidan to’liq tarkibda mashg’ulotlarni davom ettiradi.