O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18-24-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Bugun erta tongda bosh jamoamiz BAAga yo‘l oldi.
Qayd etish joiz, Vadim Abramov mazkur yig‘inga 21 nafar futbolchi chaqirgan edi. Lekin Abduvohid Ne’matov hamda Sardor Qulmatov sog‘ligi bilan biroz muammosi bor ekani sabab ushbu yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Ta’kidlab o‘tamiz, yig‘in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23-fevral kuni Sharjadagi “Al Hamriya” stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.
Yig‘inda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Abdumavlon Abdujalilov.
Himoyachilar: Yegor Krimets, Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Husniddin Aliqulov, Murod Xolmuhammedov, Oleg Zoteyev, Akbarjon Ismatullayev.
Yarim himoyachilar: Sharof Muxitdinov, Sanjar Qodirqulov, Jasurbek Jaloliddinov, Oybek Bozorov, Azizbek Turg‘unboyev, Abrorbek Ismoilov.
Hujumchilar: Igor Sergeyev, Bobir Abdixoliqov, Humoyun Murtazoyev, Shoxruz Norxonov.