Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi qisqa tanaffusdan so‘ng Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi.
Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga 15 nafar futzalchi jalb etilgan. Fransiyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Ravshan Elibayev o’rniga “Paxtakor” futzal jamoasidan Humoyun Rahmatullayev tarkibga kiritildi. Shuningdek, yana bir futzalchimiz Sunnat Jo’rayevning qachon safga qaytishi yakuniy tibbiy tekshiruvlardan so’ng ma’lum bo’ladi.