Bugun Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi qisqa tanaffusdan so‘ng Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Yigʻin doirasida futzalchilarmiz xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Oʻyinlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Bosh murabbiy tomonidan 17 nafar futzalchi yig‘inga jalb etilgan.