15-oktyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.
Midori Honda boshchiligidagi jamoamiz 25-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu yig‘in orqali 2024-yilgi Parij Olimpiadasi ikkinchi saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, “C” guruhi o‘yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi va joriy yilning 26-oktyabr – 2-noyabr kunlari O‘zbekiston, Yaponiya, Vyetnam hamda Hindiston ayollar terma jamoalari 3-bosqich yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.