O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi.
15-24 fevral kunlari bo’lib o’tadigan mazkur musobaqada O’zbekiston vakillari Ekvator Gvineyasi, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar milliy terma jamoamiz 8-14 fevral kunlari Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi va 15-yanvar kuni Antalya shahriga yo’l oladi.
Ma’lumot o’rnida, nigeriyaliklar ayollar futboli bo’yicha Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi hisoblanadi. Zambiya ayollar terma jamoasi esa 2021-yilgi Tokio Olimpiadasi yo’llanmasini qo’lga kiritgan Arika qit’asining yagona jamoasidir.
“Festival Women’s Trophy 2021”
Antalya, Turkiya
17-fevral
O’zbekiston – Ekvator Gvineyasi
20-fevral
O’zbekiston – Nigeriya
23-fevral
O’zbekiston – Zambiya