Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga aʼzo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan 2023-yilgi mavsum davomida qitʼaning klublar miqyosidagi nufuzli musobaqasi — Osiyo chempionlar ligasida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi.
Unga koʻra, Osiyo chempionlar ligasining 2023-yilgi mavsumida Oʻzbekiston klublariga 2+2 kvota ajratiladi. Yaʼni, Oʻzbekiston Superligasi chempioni va mamlakat kubogi gʻolibi OChL bahslarining guruh bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oladi. Shuningdek, milliy chempionatimizning 2 va 3-oʻrin sohiblari OChLdagi yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.