Unga koʻra, Oʻzbekistonning “Soʻgʻdiyona-W” jamoasi Gʻarbiy mintaqa chempioni sifatida eʼtirof etildi.
Eslatib oʻtamiz, Jizzax shahri jamoasi Eronning “Bam Hatun” klubi bilan ikkita oʻyin (1:1 va 1:0) oʻtkazib, Gʻarbiy mintaqa jadvalida peshqadamga aylangan edi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Soʻgʻdiyona-W” jamoasini Osiyo chempionatining mintaqa gʻolibligi bilan tabriklaydi.