Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol sport turiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Natijada turli mamlakatlarda o’tkazilishi reja qilingan ko’plab xalqaro turnirlar keyingi yilga qoldirilmoqda.

Shu o’rinda, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2020-yil Bahrayn va O’zbekistonda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan U16 hamda U19 Osiyo chempionatlarini boshqa muddatga ko’chirilishini bo’yicha mavjud imkoniyatlar o’rganib chiqilishi haqida a’zo futbol assotsiatsiyalarga rasmiy xat yubordi.

Shuningdek, BAA mezbonlik qilishi reja qilingan futzal bo’yicha klublar o’rtasidagi Osiyo chempionatini bekor qilish ehtimolligi haqida ham ma’lumot berilgan.

Bunga mazkur chempionatlarda ishtirokchi a’zo futbol assotsiatsiyalarning Bahrayn, O’zbekiston va BAAga parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va pandemiya sharoitidagi jamoalarning tayyorgarligi bilan bog’liq muammolar tufayli yuborgan so’rovlari sabab bo’lgan.

OFK tomonidan yuborilgan rasmiy xatga muvofiq, ushbu masalalar bo’yicha OFK Ijroiya qo’mitasi tegishli qarorlarni qabul qiladi. Turnirlarning yangi sanalari bo’yicha keyinroq ma’lumot beriladi.