Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Dato’ Jon Vinsdor boshchiligida qit’amizdagi futbol hakamligi masalalariga bag’ishlangan Hakamlar qo’mitasi yig’ilishi video-konferensiya shaklida o’tkazildi.
Unda OFK Hakamlar qo’mitasi raisi Du Ksienk, rais o’rinbosari Hani Ballan, departament rahbari Shamsul Maydin, shuningdek, O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.
Unda OFK hakamlar akademiyasining faoliyati samaradorligini oshirish, VAR ishini takomillashtirish, seleksiya masalalari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, yosh hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish, ayol hakamlarga e’tiborni kuchaytirish bo’yicha o’zaro fikr almashildi.
Bundan tashqari, qit’a doirasida nufuzli turnirlarda hakamlikni yuqori darajaga olib chiqish bo’yicha takliflar ilgari surildi. Yuqori tajribaga ega, yetuk mutaxassislar ishtirokida hakamlar bilan domiy seminarlar o’tkazish taklifi ma’qullandi va keyingi yilgi rejalar muhokama qilindi.