Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

2024-yildan boshlab mamlakatimiz futbolini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zbek futboli uchun mas’ul tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan UZCARD hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va Professional futbol ligasi (O‘zPFL) o‘rtasida bir yillik hamkorlik shartnomalari imzolangan edi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi va faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbol yangi davrga qadam qo‘ydi. UZCARD ham futbolimizdagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib, 2024-yildan boshlab O‘FA bilan aloqalarda yangi sahifa ochishga qaror qildi. Bu orqali tashkilot milliy terma jamoalar va ichki futbol chempionatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

2024-yilda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ishonchimiz komilki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham tez orada mundialda ishtirok etish orzusini ro‘yobga chiqaradi.

Shu tarixiy jarayonlar fonida O‘FA va O‘zPFLning UZCARD bilan hamkorligi 2027-yilga qadar uzaytirildi. Yangi shartnomaga ko‘ra:

— UZCARD O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bosh homiysi sifatida terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlaydi;

— 2025 va 2026-yillarda O‘zbekiston Superkubogining titul homiysi bo‘ladi.

Umid qilamizki, ushbu hamkorlik milliy futbolimiz rivojiga xizmat qiladi va biz birgalikda Jahon chempionatida ishtirok etish orzusiga erishamiz!