Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.

Jumladan, Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasining 2-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar futbolchsi Abrorbek Ismoilov toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyogʻining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, unga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Qoʻmita ushbu oʻyinga oid yana bir vaziyatni oʻrganib chiqdi. “Neftchi” jamoasining muxlislari uchrashuvning 21-daqiqasidan hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatishgan hamda u tomonga har-xil buyumlar uloqtirishgan. Shuningdek, “Neftchi” muxlislari oʻz jamoasining 13-raqamli oʻyinchisi Lutfulla Toʻrayev shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatishgan.

“2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar reglamenti”ga muvofiq futbol klublari oʻzlarining tomoshabinlari (jamoa muxlislari) xulqi uchun ham javobgardir.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “Neftchi” futbol klubi kelgusida shunga oʻxshash holatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻyilsa, klubga nisbatan jiddiy intizom choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantiriladi.

Superliganing ushbu turidan oʻrin olgan yana bir uchrashuv — “Qizilqum” va “Bunyodkor” oʻyinida mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov uchrashuvda mobil aloqa vositasidan foydalangan. Bu bilan u 2022-yilgi mavsum Reglamentining 15.17-bandini buzgan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shuhrat Maqsudov 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Oʻzbekiston Coca-Cola Superligasining 3-turi doirasidagi “Olimpik” – “Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasining futbolchisi Ikromjon Aliboyev oʻyinning 12-daqiqasida toʻp uchun kurashda oyogʻining tag qismi bilan raqib oʻyinchisining oyogʻining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, unga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 Birinchiligining 3-turi doirasidagi “Metallurg” – “Surxon” uchrashuvining 90+4-daqiqasida hakam tomonidan qoidabuzarlik sabab oʻyin toʻxtatiladi. Ushbu vaziyatda mezbon futbolchisi Muhriddin Soloxiddinov yotgan holatida raqib oʻyinchisining bel qismiga zarba beradi, bunga javoban “Surxon” jamoasining futbolchisi Kamoliddin Ashurov yerda yotgan raqibini oyogʻini bosadi. Bu vaziyatni koʻrgan zaxiradagi “Metallurg” jamoasining futbolchisi Xumoyunshox Sayyotov maydonga chiqib, raqib oʻyinchisining boʻyniga zarba beradi. Hakam uch futbolchini ham qizil kartochka bilan maydondan chetlashtirgan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, ushbu uch futbolchi — Muhriddin Soloxiddinov, Xumoyunshox Sayyotov (“Metallurg”) va Kamoliddin Ashurov (“Surxon”) 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi hamda ularga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻzbekiston Coca-Cola kubogi saralash uchrashuvlari doirasidagi “Andijon II” – “Doʻstlik” bahsining 9-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Orzu Razzoqov raqib oʻyinchisining yuziga urgani hamda tajovuzkor xatti-harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Unga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Yana bir uchrashuv — “Keles” va “Aral” bahsining 15-daqiqasida “Aral” jamoasining futbolchisi Shamsitdin Sagʻdullayev raqib oʻyinchisi shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, unga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Futzal Oliy ligasining 9-turi doirasidagi “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvning 12-daqiqasida “Neftchi” jamoasining futzalchisi Javohirbek Sadirov toʻp uchun kurashda raqib oʻyinchisining oyogʻiga kuchli zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohirbek Sadirov 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Ushbu turdan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Maxam Chirchiq” uchrashuvida mezbonlar futzalchisi Sevastiyan Mojayev uchrashuvning 28-daqiqasida raqib oʻyinchisining shaʼniga haqoratli ishora va soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, unga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

9-turdagi yana bir uchrashuv — “Dinamo plyus” va “Navbahor lochinlari” bahsida mehmonlar futzalchisi Dovudxon Sadriddinov uchrashuvning 40-daqiqasida birinchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, unga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Futzal Oliy ligasining 9-turi doirasidagi “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvidagi vaziyat ham qoʻmita tomonidan koʻrib chiqildi. Oʻyinning 40-daqiqasida “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Alisher Yusupov Birinchi hakam qaroridan norozi boʻlgan va uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortib, jamoani maydondan olib chiqib ketgan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Alisher Yusupovga nisbatan mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.

Bundan tashqari, qoʻmita Futzal Birinchi ligasining 3-turidan oʻrin olgan bir nechta oʻyinlardagi vaziyatlarni koʻrib chiqdi. Xususan, 13-mart kuni oʻtkazilgan BMB – “KOGON” uchrashuvida mezbon jamoasi rahbari Bekzod Mamatqulov oʻyinning 29-daqiqasida maydonga tushib, ikkinchi hakamga bosim oʻtkazishga harakat qilgan va unga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatgan. Bundan tashqari, BMB jamoasining futzalchilari Asli Muhammadiyev va Doniyorbek Toxirov uchrashuv yakunidan soʻng ikkinchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asli Muhammadiyev va Doniyorbek Toxirovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi, BMB futzal klubiga nisbatan esa jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, “KOGON” – “Dizak” uchrashuvi “Dizak” jamoasining futzalchisi Jasur Uralov uchrashuvining 24-daqiqasida birinchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Jasur Uralovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Fidokor” – “Mashʼal” uchrashuvning 34-daqiqasida mezbon jamoa futzalchisi Akromxon Pozilxonov birinchi hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Akromxon Pozilxonovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

BMB – “Mashʼal” uchrashuvida mehmonlar futzalchisi Shoxruz Boʻriyev uchrashuvning 24-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shoxruz Boʻriyevga nisbatan 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish intizom chorasi qoʻllanildi.