Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Bugun O’FA rahbariyati va hududiy futbol assotsiyatsiyalari vitse-prezidentlari ishtirokida video-selektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda mamlakatimiz futboliga doir bir qator masalalar muhokama etildi.

Jumladan, hududiy futbol assotsiyatsiyalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash va faoliyatini muvofiqlashtirish, bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha musobaqalarning respublika bosqichini o’tkazish, hududlarda akademiya, futbol maydonlarini qurish hamda ta’mirlash kabi qator masalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, 2020-yil 22-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududiy futbol assosiasiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 311-sonli qarorining ijrosi yuzasidan viloyat futbol assotsiyatsiyalari mas’ullarining hisobotlari tinglandi.