Barchamizga maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator oʼynash, oʼyinga yoki uning natijasiga taʼsir oʼtkazish maqsadida kelishilgan oʼyinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urgʼu berilgan.
Shu boisdan 2021-yilgi futbol mavsumi starti oldidan kelishilgan oʼyinlarga qarshi kurash mavzusida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, O‘FA ishchi guruhi bugun Qoraqolpog’iston Respublikasiga tashrif buyurib, futbolchi va murabbiylar hamda futbol hakamlari, nazoratchilar va futbolga aloqador mutaxassislar bilan davra suhbati tashkil etdi.
Shuningdek, ishchi guruh “Turon” stadioni va akademiya maydonidagi mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. O’FA vakillari futzal bo’yicha 2006-yillar o’rtasida bo’lib o’tayotgan mamlakat chempionatida ham mehmon bo’ldi.