O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Nasaf” professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.
“Nasaf” PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko‘zlab, 2020-yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 so‘m jarimaga tortildi.
Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.