Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024-yilning aprel oyida Tailandda boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha Osiyo kubogi musobaqasi uchun Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlanganini maʼlum qildi.
Qitʼa birinchiligi uchrashuvlari, oʻyinoldi tadbirlar va matbuot anjumanlari va mashgʻulotlarni oʻz nashrlarida yoritish istagidagi OAV vakillari dastlab https://media.the-afc.com orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. Jarayon muvaffaqiyatli yakunlanganidan soʻng, ommaviy axborot vositalari vakillariga “Ruxsatnoma” beriladi va elektron pochta orqali ular keyingi bosqichga yoʻnaltiriladi.
Keyingi bosqichda akkreditatsiya olish uchun roʻyxatdan oʻtish/arizani toʻldirishlari soʻraladi. OFK tomonidan soʻrov yuboruvchi OAV vakillari koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Akkreditatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 3-apreliga qadar davom etadi.
Futzal boʻyicha Osiyoning eng yirik turnirida Oʻzbekiston terma jamoasining musobaqadagi ishtirokini faol yoritib borishda barcha OAV vositalariga omad tilaymiz.