2020-yil 16-mart sanasidan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi hududida rejalashtirilgan futbol boʼyicha barcha musobaqalar vaqtincha toʼxtatiladi.
Jumladan, ichki musobaqalar bilan bir qatorda turli yoshdagi terma jamoalarimizning rejalashtirilgan xalqaro oʼrtoqlik va rasmiy oʼyinlari hamda oʼquv-mashgʼulot yigʼinlari ham vaqtincha qoldirildi.
Ishonamizki, koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yaxshi samara beradi va oʼzbekistonlik futbol muxlislari yaqin vaqt oraligʼida yana katta futbol musobaqalarini kuzatish imkoniga ega boʼlishadi.